Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 4-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Hakimining Messi va Neymarga aytar so‘zi bor

Hakimining Messi va Neymarga aytar so‘zi bor

Baho:
+ | -

Kecha, 25 yanvar kuni Afrika Millatlar kubogi 1/8 final uchrashuvida Marokash terma jamoasi Malavi terma jamoasi bilan uchrashdi. O‘yin Yaunde (Kamerun) shahridagi "Omnispors Ahmadu Aijo" stadionida bo‘lib o‘tdi va Marokash jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

70-daqiqada marokashlik himoyachi Ashraf Hakimi jarima zarbasini aniq amalga oshirib, g‘alaba to‘pini kiritdi. Bungacha u Gabon bilan o‘yinda standartdan gol urgandi. Malavi bilan o‘yindan so‘ng "PSJ" futbolchisidan Parij klubida jarima zarbalarini ham tepishini so‘rashdi.

"Bu qiyin bo‘ladi. Lekin men Leo va Neymar bilan gaplashishga harakat qilaman”, - deya tabassum bilan javob berdi Hakimi, Le Parisien nashriga.

Marokash terma jamoasi Afrika Millatlar kubogi chorak finalida bugun, 26 yanvar kuni o‘z uchrashuvini o‘tkazadigan Kot-d'Ivuar - Misr juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi.

Kiritildi: 16:51, 26.01.2022.
O'qildi: 6229 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик