Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

«Chelsi» Tuxelning bir yillik natijasini sarhisob qildi

«Chelsi» Tuxelning bir yillik natijasini sarhisob qildi

Baho:
+ | -

Germaniyalik mutaxassis "Chelsi" tarixiga kirdi.

Londonning «Chelsi» klubi o‘zining rasmiy saytida Tomas Tuxelning bosh murabbiy sifatidagi faoliyatining birinchi yildagi statistik natijalarini e’lon qildi.
Germaniyalik mutaxassis "Chelsi" klubini 2021 yilning 26 yanvar kuni qabul qilib olgandi. U klub tarixida bir yil ichida jamoani YECHL, Angliya Kubogi va Angliya Liga Kubogi finaliga olib chiqqan birinchi murabbiyga aylandi.

«Chelsi» Tuxel qo‘l ostida 59,7 foiz g‘alaba qozondi. U ikki marta APLning oy murabbiyiga aylandi (mart va oktyabr oylarida). Nemis mutaxassisi qo‘l ostida "ko‘klar" APLning har bir o‘yinida o‘rtacha 0,72 gol o‘tkzib yuborishdi (43 o‘yinda 31 gol). Bu ligadagi boshqa jamoalardan ancha kam.

Bundan tashqari, «Chelsi» Angliya chempionatida "quruq" o‘yinlar soni bo‘yicha ham peshqadamlik qildi - 43 o‘yinning 21 tasi.

Tuxel 36 nafar futbolchining xizmatidan foydalandi. Ularning 14 nafari «Chelsi» akademiyasi tarbiyalanuvchilari. Shuningdek, «ko‘klar» tarkibida 22 nafar futbolchi gol kiritdi (avtogollar inobatga olinmadi). «Chelsi» 53,7 foiz o‘yinda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi - 67 ta o‘yinning 36 tasida gol o‘tkazmadi.

Tuxel o‘tgan yili FIFA tomonidan yil murabbiyi deb topildi. Qolaversa, Tomas Germaniyada ham eng yaxshi murabbiy bo‘ldi. Uning qo‘l ostida «Chelsi» YECHL g‘olibligini va UYEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 20:44, 27.01.2022.
O'qildi: 2337 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.