Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/06 00:00 Albaniya 0-1 Ispaniya
25/06 00:00 Xorvatiya 1-1 Italiya
25/06 03:00 Kolumbiya 2-1 Paragvay
25/06 06:00 Braziliya 0-0 Kosta-Rika
25/06 20:00 Olimpik 2-0 Surxon
25/06 21:00 Fransiya 1-1 Polsha
25/06 21:00 Niderlandiya 2-3 Avstriya
26/06 00:00 Angliya 0-0 Sloveniya
26/06 00:00 Daniya 0-0 Serbiya
26/06 03:00 Peru 0-1 Kanada
26/06 06:00 Chili 0-1 Argentina
26/06 20:00 Andijon - Navbahor
26/06 20:00 Metallurg - Nasaf
26/06 21:00 Slovakiya - Ruminiya
26/06 21:00 Ukraina - Belgiya
27/06 00:00 Chexiya - Turkiya
27/06 00:00 Gruziya - Portugaliya
27/06 03:00 Ekvador - Yamayka
27/06 06:00 Venesuela - Meksika
27/06 20:00 Neftchi - Lokomotiv
27/06 20:00 Paxtakor - Bunyodkor

Futbol bilan hamnafas qalb

Futbol bilan hamnafas qalb

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Futbolga qalban oshno tutinganlar  orasida turli kasb egalari borligi ayni haqiqat. Bir necha yillar mobaynida rahbarlik lavozimlarida ishlash barobarida o‘z iste’dodini badiiy ijodga bag‘ishlagan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, siyosatshunoslik fanlari nomzodi, Antik dunyo xalqaro fanlar akademiyasi akademigi Jumaqul Qurbonov bu fikrga yorqin misol. Muxbirimiz yaqinda Jumaqul aka bilan Muborak futbolining kechasi va buguni xususida bafurja suhbatlashdi.

- Jumaqul Fayzullayevich, mana, 70 yoshni qoralayapsiz. Yillar davomida sport, jumladan, futbol rivojiga ma’lum darajada hissa qo‘shib kelgan insonsiz...

- O‘tgan asrning 70-yillari oxirida qo‘lbola stadion barpo etib, «Avtomobilchi» jamoasiga asos soldik. U avvaliga viloyat birinchiligida munosib ishtirok etdi. Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari jismoniy tarbiya jamoalari chempionatida qatnashdi. Keyinchalik navqiron shaharning futbolsevar yoshlari professional jamoa shakllantirish tashabbusi bilan chiqishdi. Shu tariqa Muborak texnologik-transport va maxsus texnikalar korxonasi rahbari, rahmatli Bahrom Vafoyev boshchiligida yangi klub - «Fakel» tuzildi, hashar yo‘li bilan stadion qurildi. Ke­yinchalik «Mash’al» nomini olgan jamoa sobiq ittifoq chempio­nati ikkinchi ligasida viloyat sharafini munosib himoya qildi. Bu borada ko‘plab murabbiylar Muborak futboli rivojiga xizmat qilishdi. Xususan, Viktor Pervushin va Boris Serostanovning olib borgan ishlari tahsinga loyiq. 

- Umuman, Qashqadaryo viloyati futbolining shakllanishida Muborak shahri o‘rni ham bor.

- Albatta. O‘tgan asrning 80-yillari Muborakda neft-gaz yo‘nalishidagi ishlardan tash­qari, bunyodkorlik ham qizg‘in tus oldi va qumtepaliklar o‘rnida zamonaviy shahar qad rostladi. Muborakka jumladan, Bolgariyadan quruvchilarning katta guruhi kelgandi. Qisqasi, yevropaliklarning tashrifi ham qaysidir ma’noda futbol taraqqiyotiga ijobiy turtki bergan. Yana xorijdan nomdor murabbiylar kelishdi - 1988 yili Sergey Kabakov, 1990 yili Vladislav Xan. 1991 yilga kelib, «Mash’al» boshqaruvini Vitaliy Ivanov qo‘lga oldi. Darvozabon Oleg Qahhorov, himoyachilar Konstantin Smirnov, Fayzulla Ochilov, Asror Aliqulov, Zoir To‘raqulov, Aleksandr Beynorovich, hujumchilar - Anvar Berdiyev, Komil Yagmirov, Vladimir Nadyarniy kabi mahalliy yoshlar iste’dodi qo‘l kelib, «Mash’al» mustaqillikning ilk yillari O‘zbekiston chempionati Birinchi ligasida qatnashib, elita sari dadil qadam tashladi.

- 1994 yili Zarafshonda «Progress»ga qarshi kechgan chempionat doirasidagi so‘nggi o‘yin «Mash’al» uchun katta ahamiyat kasb etgandi.

- Xuddi shunday. Esimda, Muborakdan 400 kilometr yo‘l bosib, Zarafshonga o‘yinning ikkinchi bo‘limida yetib borgandik. Hisob - 0:0. Durang ham «Mash’al»ni qoniqtirardi. Jamoamiz bu natijani saqlab qolish evaziga elita yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Tungi soat 3da qaytib, Muborak gazni qayta ishlash zavodi direktori, rahmatli - Jumaqul Fayzullayevich, mana, 70 yoshni qoralayapsiz. Yillar davomida sport, jumladan, futbol rivojiga ma’lum darajada hissa qo‘shib kelgan insonsiz...

- O‘tgan asrning 70-yillari oxirida qo‘lbola stadion barpo etib, «Avtomobilchi» jamoasiga asos soldik. U avvaliga viloyat birinchiligida munosib ishtirok etdi. Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari jismoniy tarbiya jamoalari chempionatida qatnashdi. Keyinchalik navqiron shaharning futbolsevar yoshlari professional jamoa shakllantirish tashabbusi bilan chiqishdi. Shu tariqa Muborak texnologik-transport va maxsus texnikalar korxonasi rahbari, rahmatli Bahrom Vafoyev boshchiligida yangi klub - «Fakel» tuzildi, hashar yo‘li bilan stadion qurildi. Ke­yinchalik «Mash’al» nomini olgan jamoa sobiq ittifoq chempio­nati ikkinchi ligasida viloyat sharafini munosib himoya qildi. Bu borada ko‘plab murabbiylar Muborak futboli rivojiga xizmat qilishdi. Xususan, Viktor Pervushin va Boris Serostanovning olib borgan ishlari tahsinga loyiq. 

- Umuman, Qashqadaryo viloyati futbolining shakllanishida Muborak shahri o‘rni ham bor.

- Albatta. O‘tgan asrning 80-yillari Muborakda neft-gaz yo‘nalishidagi ishlardan tash­qari, bunyodkorlik ham qizg‘in tus oldi va qum tepaliklar o‘rnida zamonaviy shahar qad rostladi. Muborakka jumladan, Bolgariyadan quruvchilarning katta guruhi kelgandi. Qisqasi, yevropaliklarning tashrifi ham qaysidir ma’noda futbol taraqqiyotiga ijobiy turtki bergan. Yana xorijdan nomdor murabbiylar kelishdi - 1988 yili Sergey Kabakov, 1990 yili Vladislav Xan. 1991 yilga kelib, «Mash’al» boshqaruvini Vitaliy Ivanov qo‘lga oldi. Darvozabon Oleg Qahhorov, himoyachilar Konstantin Smirnov, Fayzulla Ochilov, Asror Aliqulov, Zoir To‘raqulov, Aleksandr Beynorovich, hujumchilar - Anvar Berdiyev, Komil Yagmirov, Vladimir Nadyarniy kabi mahalliy yoshlar iste’dodi qo‘l kelib, «Mash’al» mustaqillikning ilk yillari O‘zbekiston chempionati Birinchi ligasida qatnashib, elita sari dadil qadam tashladi.

- 1994 yili Zarafshonda «Progress»ga qarshi kechgan chempionat doirasidagi so‘nggi o‘yin «Mash’al» uchun katta ahamiyat kasb etgandi.

- Xuddi shunday. Esimda, Muborakdan 400 kilometr yo‘l bosib, Zarafshonga o‘yinning ikkinchi bo‘limida yetib borgandik. Hisob - 0:0. Durang ham «Mash’al»ni qoniqtirardi. Jamoamiz bu natijani saqlab qolish evaziga elita yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Tungi soat 3da qaytib, Muborak gazni qayta ishlash zavodi direktori, rahmatli Nuriddin Zayniyevga o‘yin tafsilotlarini so‘zlab berganimizda, u kishining nechog‘li quvonganlari hali ham ko‘z o‘ngimda...

- Tabiiyki, kuchlilar safiga qo‘shilgan jamoa infratuzilmasini yaxshilash talab etilardi...

- Darhol stadionni qayta ta’mirlashga kirishdik. Maydon holati ham ko‘rib chiqildi, tribunalar barpo etildi. Stadion ichida barcha sharoitlar yaratildi, jumladan, radioreportaj uzatish uchun aloqa tarmog‘i tortildi. Shuningdek, turli futbol shoulari yo‘lga qo‘yildi.

- Taniqli mutaxassis Bahrom Davlatovning Muborak futboli ravnaqi uchun xizmatini qanday baholaysiz?

- Bahrom 2000-2009 yillar oralig‘ida «Mash’al» rahbari sifatida ish olib bordi. Aynan uning bevosita rahbarligida klubning zamonaviy infratuzilmasi yaratildi. Ya’ni alohida baza qurildi, O‘zbekistonda birinchi bo‘lib, futbol akademiyasiga asos solindi. Bahrom Boyjonovichning shaxsan o‘zi Yevropa  klublariga borib, il­g‘or ish uslublarini o‘rganib qaytdi. Uning bu boradagi tajribasi «Nasaf» infratuzilmasida ham bo‘y ko‘rsatdi. Umuman, turli yillarda jamoa ravnaqi uchun ko‘pchilikning mehnati singdi - marhum Norqul Daminov, Abdurahmon Yumangulov, To‘ra Shoymardonov, Abdujalil Aralov, Baxtiyor Boboyev, Aleksandr Pavlenko, Viktor Jalilov... «Muborakneftgaz» boshqarmasining o‘sha paytdagi rahbari Ivan Kelish xizmatini ham alohida e’tirof etish kerak. «Mash’al» 2005 yili Viktor Jalilov boshqaruvida O‘zbekiston chempionati kumush medaliga sazavor bo‘ldi va ke­yingi mavsum OCHLda chakki taassurot qoldirmadi. Xususan, Zafar Xolmurodov turnirda 3ta gol urdi. Jamoa shuningdek, 2006 yili O‘zbekiston kubogi finaliga chiqdi. O‘sha yili o‘zbek futboli afsonalaridan biri Mirjalol Qosimov jamoa o‘yinlariga o‘zgacha jo‘sh­qinlik kiritgandi. Xullas, hammasi yoqimli tarix...

- Xo‘sh, jamoaning buguni va kelajagi haqida nima deya olasiz?

- Eldor Suyunov, Sanjar Quvvatov,  Ilhom Suyunov, Shuhrat Muhammadiyev, Javohir Ilyosov, Husniddin Aliqulov, Eldor Shomurodov, Otabek Shukurov kabi yigitlar tetapoyasiga guvoh «Mash’al» akademiyasi hali ko‘p iqtidorlarni kashf etishiga ishonaman. Ha, sevimli jamoamiz yangi mavsumni Pro ligada o‘tkazadi. Lekin «Mash’al» elita yo‘llanmasini qo‘lga kiritish borasida yetarli tajriba to‘plagan. Har holda, tarixda 3 marta elita yo‘lini ochgan. Demak, yana ijobiy natijalar kutishga haqlimiz.

«Mash’al» matbuot xizmati ma’lumotlariga qaraganda, «O‘zbekneftgaz» AK raisi Mehriddin Abdullayev hamda Muborak gazni qayta ishlash zavodi direktori Shermat Shamsiyev yangi mavsumda jamoani yetarli darajada qo‘llab-quvvatlashga tayyorlar. Jumladan, stadionni tubdan ta’mirlash, yoritish tarmoqlarini tartibga solish, bazadagi sharoitlarni yanada yaxshilash, akademiya ishini yuksak darajaga ko‘tarish rejalashtirilgan. Kutilishicha, «Mash’al» tarkibi o‘zagini 18-20 yoshli futbolchilar tashkil etishadi. Jamoada buning uchun resurs yo‘q emas. Umuman olganda, «Mash’al» hech qachon aro yo‘lda qolmagan. O‘z tarixi, shonli an’anasi, salohiyatli homiy (Muborak gazni qayta ishlash zavodi)ga ega «gazchilar» shu yiliyoq Superligaga qaytishni ko‘zlashmoqda. Muborak futboli ravnaqi yo‘lida xizmat qilgan, ayni payt ham fidoiylik ko‘rsatayotganlarning asl maqsadlari ham shu, albatta.

Husan TEMIROV suhbatlashdi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:07, 29.01.2022.
O'qildi: 958 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.