Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mirlan Eshenov: “Navbahor” yangi mavsumda bemalol chempionlik uchun kurash olib boradi”

Mirlan Eshenov: “Navbahor” yangi mavsumda bemalol chempionlik uchun kurash olib boradi”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, bugun “Navbahor” o‘z maydonida Qirg‘izistonning “Alay” (Osh) jamoasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, unda yirik – 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan so‘ng, mehmonlar ustozi Mirlan Eshenov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Avvalo hammaga salom! Eng avvalo, ko‘rsatilgan ajoyib mehmondorchilik uchun “Navbahor” PFKga katta rahmat aytmoqchiman. Uchrashuv borasida gapiradigan bo‘lsam, bugun “Navbahor” individual tomonlama ancha kuchli o‘yin ko‘rsatdi. Qolaversa, raqibda zaxira imkoniyatlari ham keng edi, biz esa o‘yinga kamroq futbolchilar bilan kelgandik, bu esa ikkinchi bo‘limda o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Lekin baribir, “Navbahor” kuchliroq edi va haqli tarzda g‘alaba qozondi.

Namanganga yaqin joyda ekanligimiz, “Navbahor” bilan yaxshi aloqalar o‘rnatganimiz yoqimli, albatta. Muntazam o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazilayotganidan mamnunmiz. O‘tgan yilning yozida ham shu yerda nazorat-sinov uchrashuvi tashkil etib, 0:2 hisobida yutqazgandik. Hozir jamoamiz yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini olib bormoqda. Mazkur o‘yin esa futbolchilarning ayni paytdagi jismoniy holatlari qandayligini bilib olish uchun menga qo‘l keldi. Mezbonlar ancha tezkor o‘yin namoyish etishdi. O‘tgan yili yozdagi jamoa bilan hozirgisining tarkibini solishtiradigan bo‘lsam, ayni paytdagisi juda kuchli. Shuningdek, “Navbahor” ilk daqiqalardanoq o‘yinni shiddatli tarzda boshlab, oldinga tashlandi. Ayniqsa, namanganliklarning 9-raqamli futbolchisi (Elguja Grigalashvili nazarda tutilmoqda) ajoyib namoyish etib, haqiqiy yevropalik futbolchi ekanligini isbotlab qo‘ydi.

Menimcha, ushbu tarkib bilan “Navbahor” yangi mavsumda bemalol chempionlik uchun kurash olib boradi.

Fursatdan foydalanib, namanganliklarga yangi mavsumda omad yor bo‘lib, chempionlik unvoni va OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga tilakdoshman, - dedi Mirlan Eshenov.  

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 22:42, 03.02.2022.
O'qildi: 1036 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.