Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

"Surxon" klubi raddiya bildirdi

"Surxon" klubi raddiya bildirdi

Baho:
+ | -

Ijtimoiy tarmoqlarda "Surxon"ga kelgan uch nafar ispaniyalik mutaxassisda kerakli lisenziya yo‘q ekan " rukni ostida xabar e’lon qilindi.

Aslida, ispaniyadan tashrif buyurgan mutaxassislar orasida 3 nafar murabbiyning lisenziyasi yo‘q ekan degan ma’lumot noto‘g‘ridir.

- "Surxon" jamoasiga bosh murabbiy sifatida tashrif buyurgan Fabregat Valmanada UYEFA "PRO" lisenziyasi mavjud.

- Sport direktori sifatida kelgan Barosso Gonzalezda ham kerakli lisenziya mavjud va u bemalol klubda sport direktor sifatida faoliyat yuritishi mumkin.

- Analitik murabbiy sifatida tashrif buyurgan Jonathan Egea Lomasda kerakli lisenziya mavjud.

- Jismoniy tayyorgarlik murabbiyi sifatida tashrif buyurgan Jorge Ruiz Ispaniyaning Las palmas universitetini (Las Palmas de Gran Canaria) aynan jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha fakultetini tamomlagan. Ming afsuski, OFK talabiga ko‘ra jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiydan "Level-2" lisenziyasi talab qilinadi.  Jorge UYEFA tasnifidagi davlatlarda jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy sifatida ishlay oladi.

- Darvozabonlar murabbiyi sifatida tashrif buyurgan Adrian Manuel "Level-1" darvozabonlar murabbiyi lisenziyasiga ega. OFK talabiga ko‘ra Superliga klubida darvozabonlar murabbiyidan "Level-3" lisenziyasi talab qilinadi.

Bu yildan to‘g‘ri tizimda ishlashni va kelasi yili OFK lisenziyasini olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan "Surxon" klubi ushbu murabbiylar o‘rnini aynan lisenziyasi OFK talabiga javob beradigan mutaxassislar bilan to‘ldirishga qaror qildi.

Shuningdek, O‘zPFL tomonidan ishlab chiqilgan Musobaqalar reglamenti 6.1 bandida "2023-yilgi mavsumdan boshlab faqat OFK lisenziyalashidan o‘ta olgan klublarga Superligada ishtirok etish uchun lisenziya berilishi" ta’kidlab o‘tilgan.

Klubimiz muxlislaridan esa, sarosimaga tushmaslikni va ijtimoiy tarmoqlarda chiqarilayotgan norasmiy ma’lumotlarga ishonmaslikga chaqiradi.

Kiritildi: 19:30, 05.02.2022.
O'qildi: 1492 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.