Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

U23 Osiyo kubogi tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirish maqsadida yurtimizga OFK vakillari tashrif buyurishdi

U23 Osiyo kubogi tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirish maqsadida yurtimizga OFK vakillari tashrif buyurishdi

Baho:
+ | -

Joriy yilda yurtimiz maydonlarida bo‘lib o‘tadigan U23 Osiyo kubogi o‘yinlariga qizg‘in tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Xususan, O‘FA ishchi guruhi tomonidan o‘yinlar va mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadigan hududlar hamda u yerdagi mavjud sharoitlar o‘rganilib, OFK standartiga mos kelishini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlar olib borilyapti.

Shu kunlarda chempionat o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan Osiyo futbol konfederasiyasi delegasiyasi mamlakatimizda bo‘lib turibdi. Bugun poytaxtimizdagi «Bunyodkor» stadionida OFK va O‘FA mutaxassislari ishtirokida U23 tayyorgarlik ishlariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Dastlab OFK vakillari O‘zbekistonning epidemiologik murakkab vaziyatda ushbu turnirga mezbonlik qilayotgani borasida minnatdorchilik bildirdilar. O‘z o‘rnida, O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov O‘zbekiston so‘nggi yillarda bir qancha qit’a musobaqalari, xususan — ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi va aynan U23 Osiyo kubogining saralash bahslarini o‘tkazib, katta tajriba to‘plagani va OFK tomonidan bildirilayotgan ishonchdan mamnun ekanligini bildirdi. Bo‘lajak yirik turnirni ham muvaffaqiyatli o‘tkazish borasida barcha ishlar tashkil etilishini qo‘shimcha qildi.

Shundan keyin OFK delegatlari «Bunyodkor» stadioni, kiyim almashtirish xonasi va mashg‘ulot maydonlarini ko‘zdan kechirishdi. Rejaga muvofiq, delegatlar Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 21:19, 14.02.2022.
O'qildi: 1554 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик