Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Nazorat o‘yini. Bugun "Paxtakor" Kiyevning "Dinamo"siga qarshi o‘yin o‘tkazadi

Nazorat o‘yini. Bugun "Paxtakor" Kiyevning "Dinamo"siga qarshi o‘yin o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Turkiya yig‘ini doirasida so‘nggi nazorat bahsini "sherlar" Yevropaning nomdor klublaridan biri Ukrainaning "Dinamo"siga qarshi o‘tkazadi.

Kiyevliklar nafaqat MDH, balki butun Yevropadagi eng mashhur va sovrindor jamoalardan biri sanaladi. Klub hisobida turli musobaqalarda qo‘lga kiritilgan 70dan ortiq sovrinlar mavjud. "Dinamo" SSSR chempionatida 13 bor, SSSR Kubogida 9 marta va SSSR Superkubogida 3 bor g‘olib chiqqan. 1975 va 1986 yillarda UYEFA Kubok egalari Kubogida zafar quchgan. 1975 yil UYEFA Superkubogiga ham ega chiqqan. Ukrainada 1992 yildan o‘tkazib kelinayotgan chempionatda 16 marta chempionga aylangan va 30 yil ichida faqat bir marta ikkinchi pog‘onadan pastga tushgan. Ukraina Kubogida 13, Superkubogida 9 karra g‘olibga aylangan. MDH Chempionlari Kubogida kiyevliklar 4 bor g‘olib bo‘lgan. Jamoa safidan Yevropa darajasidagi yulduzlar yetishib chiqqan va haligacha "Dinamo" o‘z iqtidorli futbolchilarini kuchli chempionatlarga yetkazib berishda davom etmoqda. Jamoa Ukrainaning amaldagi chempioni hisoblanadi. Bosh murabbiy sifatida ruminiyalik Mircha Luchesku faoliyat ko‘rsatmoqda.

SSSR chempionati doirasida jamoalar o‘zaro 40 bellashuvda to‘qnash kelishgan. "Paxtakor" 7, "Dinamo" 23 bahsda g‘olib bo‘lgan, 10 o‘yinda durang qayd etilgan. 36 to‘p kiritgan toshkentliklar 68 gol o‘tkazib yuborgan. MDH Kubogida 2008 yil kechgan bellashuvda Zayniddin Tojiyevning goli yutuq keltirgan.

"Paxtakor" va "Dinamo" Kiyev o‘rtasidagi o‘yin 19 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 19:00da Belekdagi "Mardan Palas" stadionida boshlanadi.

Manba: "Пахтакор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 10:17, 19.02.2022.
O'qildi: 1733 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик