Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Sahob Rashidovning 88-daqiqadagi goli «Dinamo»ga «Obolon» ustidan g‘alaba keltirdi

Sahob Rashidovning 88-daqiqadagi goli «Dinamo»ga «Obolon» ustidan g‘alaba keltirdi

Baho:
+ | -

«Dinamo» jamoasi Turkiyadagi uch haftalik yig‘ini doirasidagi so‘nggi o‘rtoqlik bahsini Ukrainaning «Obolon» klubiga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozondi va xorij yig‘inini mag‘lubiyatsiz yakunladi.

Samarqand va Kiyev jamoalari o‘rtasidagi bahs ikki jamoaning ham Turkiya yig‘ini yakunidagi so‘nggi uchrashuvi bo‘lgani sababli o‘yin o‘rtoqlik emas, rasmiy bahs singari murosasiz va shiddatli o‘tdi. Uchrashuv davomida jamoalar ko‘p marta o‘zaro orani ochiq qilishga o‘tishdi. Asabiy o‘tgan o‘yinda zaxiradan maydonga tushgan hujumchi Sahob Rashidov 88-daqiqada «Dinamo» jamoasiga Ukraina klubi ustidan g‘alaba keltirdi – 1:0.

Shu tariqa, «Dinamo» xorij yig‘inini mag‘lubiyatsiz yakunladi: 5 o‘yinda 3 durang va 2 g‘alaba. Jamoa ertaga, 24 fevral kuni Turkiyadan O‘zbekistonga qaytadi.

23 fevral (chorshanba)
O‘rtoqlik bahsi. Turkiya, Side.

«Dinamo» - «Obolon» (Ukraina) – 1:0

Gol: Sahob Rashidov, 88.

«Dinamo» (1-bo‘lim): Miloye Prekovich, Islom Sharipov, Ibrohim Yo‘ldoshev, Jasur Jumayev, Mixaylo Yovanovich, Muzaffar Muzaffarov, Temur Ismoilov, Yevgeniy Chumak, Shohmalik Komilov, Aleksandar Glishich, Oybek Nurmatov.

Zaxira tarkibi: Arslon Ahrorov, Jo‘rabek Mannonov, Saydullo Rahmatov, Doston Foteev, Oybek Jo‘rayev, Abdujamol Isroilov, To‘lqin Ergashev, Jasur Umarov, Sahob Rashidov, Faxriddin Alimov, Shokir Yo‘ldoshev, Farhod Rahmatov, Vohid Oqbo‘tayev, Akmal Kozimov.

Manba: "Динамо" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 19:45, 23.02.2022.
O'qildi: 1377 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик