Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

Salaning halokati bo‘yicha yangi tafsilotlar ma’lum qilindi

Salaning halokati bo‘yicha yangi tafsilotlar ma’lum qilindi

Baho:
+ | -

2019 yilning 21 yanvarida argentinalik hujumchi Emiliano Salaning hayoti fojiali tarzda yakunlangandi.

U Uelsning Kardiff shahriga ketayotib, aviahalokatda halok bo‘lgandi. Sala endigina Fransiyaning «Nant» klubidan "Kardiff" klubiga 15 million funtga transfer qilingandi va shartnoma imzolash uchun ketayotgan bo‘lgandi.

Voqea sodir bo‘lganiga ikki yil bo‘lganiga qaramay, jinoyat ishi jarayonida sud-tibbiy ekspertiza hali yakunlanmagan va Ispaniya matbuoti uning so‘nggi natijalarini e’lon qildi.

Salaning jasadi toksikologik tekshiruvdan o‘tkazildi. Tekshiruv davomida marhum futbolchining qonidagi alkogol miqdorini aniqlash uchun yonbosh-son tomiridan qon namunalari olindi, shuningdek, uning DNKsini aniqlashga mo‘ljallangan tana bo‘shlig‘idan qon tahlili o‘tkazildi.

Sinov natijalari qonda uglerod oksidi bilan to‘yinganlikning 58% darajasini ko‘rsatdi, bu mutaxassislarga Sala tanasining uglerod oksidi bilan jiddiy zaharlanishi haqida gapirish imkonini beradi.

Hodisani tergov qilish ishtirokchisi bo‘lgan patolog Bazil Perduning aytishicha, futbolchi boshidagi va tanasidagi jarohatlar tufayli vafot etgan, ammo o‘limdan oldin u katta dozalarda karbonat angidridga duchor bo‘lgan. Samolyot urilganda, u allaqachon chuqur koma holatida bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sud futbolchining parvozini tashkil etgan tadbirkorni aybdor deb topgandi.

Kiritildi: 20:56, 23.02.2022.
O'qildi: 3468 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.