Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Gollar «mashinasi»ga aylangan Ten Xaag shogirdlarini bu mavsum to‘xtatib bo‘lmayapti

Gollar «mashinasi»ga aylangan Ten Xaag shogirdlarini bu mavsum to‘xtatib bo‘lmayapti

Baho:
+ | -

«Ayaks» joriy mavsum ichki chempionatda muxlislari kutgan o‘yinni namoyish eta olmayapti. Jamoa turnir jadvalida birinchi o‘rinda ketayotgan bo‘lsada, to‘plar orasidagi farq ayni dam ko‘pchilikning e’tiboriga tushgan. 

Bu yaxshi emas albatta. Yanvar oyi o‘rtalarida jamoaning Gollandiya chempionatidagi o‘rni haqida gapirgan edik. O‘shanda «Ayaks» 56:4 to‘p farqi bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni band etgan edi. Hozir oradan bir oy o‘tdi. Klub kutilganidek, haqli ravishda jadvalda birinchi bo‘lib turibdi. Biroq gollar farqi yanada oshib ketdi.

To‘g‘ri, ushbu farqlar «Ayaks»ning kuchini eslatib tursa ham, bu liga kuchli beshlik orasidan joy olmagani ham bor gap. Buning ajablanarli joyi yo‘q. Eng qizig‘i, «Ayaks» o‘tkazib yuborilgan har bir goliga naq 14 ta to‘p bilan javob qaytarmoqda. Amsterdamliklar Chempionlar ligasi guruh bosqichida kutilmagan gollarni o‘tkazib yuboryapti. Lekin u yerda ham urilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati ancha  hayratlanarli.

Ten Xaag shogirdlarining Gollandiya kubogidagi o‘yini xuddi virtual futboldagi ko‘rinishni eslatib yuboradi. Jamoa 3 uchrashuvda naq 18 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol qilgan va o‘z postidan birorta ham to‘p olib chiqmagan.

Sodda qilib aytadigan bo‘lsak, «Ayaks» bu mavsum bahslarni ikki marta 9:0, to‘qqiz marta 5:0, ikki marta 4:0, 1 marta 5:1 hisoblarida yakunlagan. Ishonish qiyin, lekin bu fakt va kamdan kam uchraydigan holat.

Klub hozircha ketma-ket o‘nta g‘alaba bilan Chempionlar ligasi pley-off bosqichi masalasini hal qilishga yaqin turibdi. Ten Xaag shogirdlarini chorshanba kuni «Benfika»ga qarshi bahs kutib turibdi. O‘tkazib yuborilgan o‘yinlar soni esa bitta. Agar «Ayaks» ushbu uchrashuvlarni g‘alaba bilan yakunlasa, yevrokuboklar masalasini nazariy jihatdan muddatidan oldin hal qilgan birinchi jamoaga aylanishi mumkin.

«Ayaks»ning bu mavsumdagi barcha musobaqalar doirasidagi urgan va o‘tkazib yuborgan to‘plari farqi bilan  quyida tanishib chiqishingiz mumkin. Bu menimcha, barcha muxlisni hayratga solsa kerak.

Quyida e’tiboringizga jamoaning eng yaxshi to‘purarlarini havola etamiz. Zero, ular bugungi «Ayaks»ning haqiqiy qahramonlari.

Kiritildi: 20:57, 23.02.2022.
O'qildi: 2284 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик