Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Konte "Tottenxem"dan ketishga tayyor

Konte "Tottenxem"dan ketishga tayyor

Baho:
+ | -

«Tottenxem» bosh murabbiyi Antonio Konte «Byornli»ga safarda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lganidan keyin xafa bo‘lganini yashirmadi.

"Men bu yerga klubga yordam berish uchun keldim, agar muammo murabbiyda bo‘lsa, men ketishga tayyorman, muammo yo‘q. Men bu holatga o‘rganmaganman. Qo‘limdan kelgancha harakat qilyapman, lekin vaziyat o‘zgarmayapti. Men klub nima istayotganini muhokama qilishga tayyorman. Men klubga yordam berishni xohlayman, qattiq ishlayman, juda qattiq ishlayman, kuniga 20 soatimni «Tottenxem»ga bag‘ishlayman va qolgan to‘rt soatini uxlayman, ammo bu yetarli emas.

Balki yaxshi o‘yin namoyish etgandirmiz, ammo mag‘lub bo‘ldik. Men uchun bu qabul qilib bo‘lmaydigan holat. Beshta o‘yindan to‘rttasida mag‘lub bo‘lish «Tottenxem» uchun falokat hisoblanadi.

Men haqiqatan ham vaziyatni yaxshilash uchun keldim. Balki men hozir vaziyatni unchalik yaxshi o‘zgartira olmayotgandirman. Men ko‘zlarimni yumib, shunday davom etib keta olmayman, chunki men juda halolman.

Biz, albatta, klub bilan gaplashib, eng to‘g‘ri yo‘l topishga va jamoani bu vaziyatdan olib chiqishga harakat qilamiz. Hozir buning uchun to‘g‘ri payt. Men juda xafaman. Oxirgi beshta o‘yinda xuddi tirik qolish uchun kurashayotgandek o‘ynadik. Haqiqat shu. Ehtimol, biror narsani noto‘g‘ri qilayotgandirmiz.

Men mas’uliyatni o‘z zimmamga olmoqchiman. Agar shunday bo‘lsa, men har qanday qarorga tayyorman. Men mag‘lub bo‘lishni yomon ko‘raman. Ayni damda maoshimni olishga loyiq emasman. Bunday o‘yin bilan biz 10, 12, 13-o‘rinlarni egallashimiz mumkin. Men jamoaga kelganimdagi o‘rni bilan mavsumni yakunlashimiz mumkin», - dedi Konte BBC bilan suhbatda.

Kiritildi: 18:18, 24.02.2022.
O'qildi: 4781 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик