Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Ro‘ziqul Berdiyev: “Paxtakor” va “Nasaf” o‘rtasidagi bahs “el-klasiko” darajasiga chiqmoqda"

Ro‘ziqul Berdiyev: “Paxtakor” va “Nasaf” o‘rtasidagi bahs “el-klasiko” darajasiga chiqmoqda"

Baho:
+ | -

Ertaga, 27 fevral kuni rasman O‘zbekistonda 2022 yilgi futbol musobaqalariga start beriladi. Mavsumning ilk uchrashuvi Farg‘onaning Yaypan shahridagi “O‘zbekiston” stadionida Superkubok bahsi bilan boshlanadi. Unda o‘tgan mavsumda O‘zbekiston chempioni bo‘lgan Toshkentning “Paxtakor” jamoasi O‘zbekiston kubogi sohibi Qarshining “Nasaf” klubiga qarshi saf  tortadi. Bugun mazkur jamoalarning bosh murabbiylari va futbolchilari bilan o‘yin oldi matbuot anjumani o‘tkazildi. “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev va jamoaning asosiy futbolchilaridan Husayn Norchayev va Marko Stanoyevich o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ro‘ziqul Berdiyev:

“Paxtakor” va “Nasaf” o‘rtasidagi bahs har doim qiziqarli kechgan. Bu o‘yinda jismoniy yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan jamoa g‘alaba qozonadi. Biz ertangi bahsga 100 % tayyormiz. 

"Nasaf"ning ayni paytdagi holati tarkibga ko‘plab legionerlarni jalb qilishga imkon bermaydi. Shuningdek, jamoadan transfer taqiqi kuni kecha olib tashlandi.

O‘tgan mavsum yakunidagi asosiy maqsadimiz jamoa o‘zagini saqlab qolish edi va bunga erishdik. Shuningdek, Sharof Muhitdinov va Ivan Solovyov orqali qanot hamda markaziy chizig‘imizni kuchaytirdik. Ayni paytda "Nasaf"da kuchli raqobatni vujudga keltira oladigan markaziy hujumchi bilan shartnoma imzolash kun tartibimizdagi asosiy masala bo‘lib turibdi.

Bobur Abdixoliqov ham jamoaga kelishi mumkin edi, lekin uning hozirgi klubi futbolchini qo‘yib yuborishni istamadi. “Paxtakor”ga yangi murabbiy kelganidan xabarimiz bor. Bilishimizcha, ushbu murabbiy ko‘plab yaxshi natijalarga erishgan. “Paxtakor”ning “Dinamo K”  va “Dinamo Tblisi”ga qarshi o‘yininin ko‘rdik, lekin ularning o‘yin sxemasi deyarli o‘zgarmagan. Albatta, Oybek Bozorovning yo‘qligi jamoa o‘yiniga ta’sir ko‘rsatadi. Lekin biz Oybeksiz ham, Markosiz ham o‘ynashni o‘rganishimiz kerak.

Ertangi bahs oldidan ruhiy va jismoniy tomonlama yaxshi holatamiz va o‘yin davomida bizda bu tomonlama qiyinchilik bo‘lmaydi. Hozirda ikki klubning O‘zbekistonning yetakchi jamoalari hisoblanadi. Ertaga ham avvalgidek shiddatli o‘yin bo‘ladi deb o‘ylayman. Biz “Paxtakor” darajasiga hali chiqmadik, lekin “Nasaf” ham yildan-yilga o‘sib bormoqda. “Paxtakor” va “Nasaf” o‘yini so‘nggi yillarda “el-klasiko” darajasiga chiqib borayotgani rost gap. Buning asosiy sababi biz ko‘rsatayotgan o‘yinlardir.  

Husayn Norchayev:

Ertadan O‘zbekistonda mavsum boshlanadi. Biz “Paxtakor”ga qarshi bahsga tayyormiz va raqib ustidan g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. “Nasaf” bilan 3 yillik shartnomam bor. Shuning uchun boshqa jamoaga ketish haqida o‘ylamayapman. Xudo xohlasa ertaga Qarshidan ham ko‘plab muxlislar kelishi kutilmoqda. Ishonamanki, ular bizning 12-o‘yinchimiz bo‘lib, jamoani qo‘llab-quvvatlab turishadi

Marko Stanoyevich:

Ertangi o‘yinda g‘alaba qozonmoqchimiz. Bunga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik va umid qilamanki, muxlislarimizni xursad qila olamiz. O‘tgan mavsumni "Paxtakor"ga qarshi o‘yin bilan tugatgan edik. Buni qarangki, yangi mavsumda ham shu jamoa bilan to‘qnash kelmoqdamiz. Dragan Cheran mening yaqin do‘stim. U bilan ko‘p uchrashib turamiz. Imkon bo‘lsa, Dragan bilan “Nasaf”da birga o‘ynagan bo‘lardim.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:54, 26.02.2022.
O'qildi: 2229 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик