Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Yurgen Klopp: «nemis sehrgari» faoliyatiga qisqacha nazar

Yurgen Klopp: «nemis sehrgari» faoliyatiga qisqacha nazar

Baho:
+ | -

Bugungi futbol uning nomini juda yaxshi taniydi va ehtimolki, uzoq yillar eslab qoladi. Yurgen Klopp nemis futbol maktabining yorqin namoyondasidan biridir. Uning faoliyati baxtli lahzalarga boy. Germaniyalik mutaxassis bugun mehnatlari hosilini o‘rmoqda. Klopp bu mavsum ham o‘z jamoasini titulsiz qoldirmadi. Biz esa ushbu sovrin fonida uning faoliyatiga qisqacha nazar tashlaymiz.

Yurgen Kloppning 2015 yilda «Liverpul»ga olib kelinishi, mersisayd jamoasi tarixida mutlaqo yangi sahifa ochib berdi. Klub Klopp kelishidan ilgari Angliyada Yevrokuboklar uchun kurashda qiynaladigan, «Chelsi», «MYU» hamda «Manchester Siti»lar bilan raqobatda zaif bir jamoaga aylanib qolgandi. O‘tgan qisqa tarixiy davr – to‘rt-besh yil hammasini o‘zgartirdi. «Liverpul», endilikda o‘z sharafini tikladi va Yevropaning eng yaxshi klublaridan biriga aylandi. Bularning bari esa Kloppning ijobiy ta’siri edi.
Mana, Klopp bilan birgalikda «Liverpul» joriy mavsumdagi ilk sovrini, Angliya liga kubogini qo‘lga kiritdi. Ushbu titul Yurgen uchun o‘ziga xos. Negaki, u bu sovrinni ilk bor jamoasiga yutib berishi.

Umuman olganda, nemis mutaxassisining faoliyati ajoyibotlarga to‘la. U murabbiylikni «Mayns»da boshlaydi. Tanilish davri esa, Germaniya top klublaridan biri bo‘lgan «Borussiya Dortmund»da kechadi. Klopp «arilar»ni qisqa vaqt ichida raqobatbardosh va sifatli jamoa qilib shakllantiradi va «Bavariya»ning Germaniyadagi gegemonligiga nuqta qo‘yadi. O‘sha paytda nisbatan qisqa muddatga bo‘lsada, dortmundliklar Bundesliga peshqadamligini ushlab turdi...

Yurgen Klopp hozirga qadar murabbiy sifatida 10 ta yirik turnirlar g‘olibiga aylangan. Ushbu sovrinlarga tabiiyki, «Borussiya Dortmund» hamda «Liverpul» safida erishildi. Xususan, Klopp Bundesligada 2011 hamda 2012 yilgi chempionlikni o‘ziniki qildi. Bir marotaba Germaniya superkubogiga ham ega chiqdi. Shuningdek, u 2013 hamda 2014 yillar so‘nggida ikki marta Germaniya superkubogini ham qo‘lga kiritgan. Albatta, bu sovrinlarning hammasi «BVB» muzeyining boyishiga xizmat qiladi.

Ayni damga kelib, Yurgen Klopp muvaffaqiyatli odimini Angliya maydonlariga ko‘chirgan. Uning jamoasi dastlab, 2019 yilgi YECHL finalida «Tottenxem»ni mag‘lub etib, Yevropa chempioniga aylanadi. Ko‘p o‘tmay, UYEFA Superkubogida «Chelsi» taslim etiladi. Navbatdagi mavsum «Liverpul» APLni zabt etishga kirishdi. Jamoa 30 yillik tanaffusdan keyin Angliya chempioniga aylandi. Yurgen Klopp o‘z jamoasi bilan Yevropa chempioni sifatida klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnir finalida esa Braziliyaning «Flamengo» klubi mahv etilib, «Liverpul» sovrinlar kabinetiga mutlaqo yangi kubok «tanishtiriladi».

Mersisaydliklar ustozi muvaffaqiyatli yo‘lida ba’zi o‘nqir-cho‘nqirlarga ham duch kelgan. Xususan, u 2013-2018 yillar oralig‘ida jami oltita turnir finalini boy bergan. Ular ichida 2013 yilda, YECHL finalida «Bavariya»ga («Borussiya D» murabbiyi sifatida) hamda 2018 yilgi «Real»ga uchralgan mag‘lubiyatlar ham mavjud. Oltita yutqiziqning uchtasi aynan «Liverpul» menejeri sifatida qabul qilib olingan.

Kloppning umumiy sovrinlar jamg‘armasi:

- 2× Bundesliga;
- 2× Germaniya Superkubogi;
- Chempionlar ligasi;
- Premyer-liga;
- Klublar o‘rtasida Jahon chempionati;
- Germaniya kubogi;
- Angliya liga kubogi.

Mersisaydliklar o‘z kabinetiga yangi sovrin «baxsh eta oldi». Ayni damda esa klub APLda yetkachidan atigi olti (uch) ochko ortda qolmoqda. Klopp Yevromaydonda ham omadli odimlayotir. Uning jamoasi YECHL pley-offida «Inter»ni 2-0 hisobida mag‘lub etib qaytgan. Bu esa keyingi bosqichga qo‘yilgan o‘ta muhim qadamdir. Nima bo‘lgan taqdirda ham «Uembli»da erishilgan g‘alaba «qizillar»ga mavsumni yanada ko‘proq titullar bilan yakunlashda katta motivasiya bo‘ldi. Klopp esa dunyoning eng yaxshi murabbiyi sifatida tarixda qoladi.

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: futaa.com
Kiritildi: 12:30, 01.03.2022.
O'qildi: 1428 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.