Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Super tur: «MYU» - «Manchester Siti» — azaliy to‘qnashuv (prevyu)

Super tur: «MYU» - «Manchester Siti» — azaliy to‘qnashuv (prevyu)

Baho:
+ | -

Bugun Manchester shahrining qizil tomonidagilar o‘z qo‘shnilari maydoniga qisqa safar qiladi. «Manchester Siti» esa ushbu mavsumda «MYU» bilan ikkinchi davrada yana to‘qnash keladi. Pep Gvardiola jamoasi ayni damda bitta ko‘p o‘yin o‘tkazgan holda «Liverpul»dan olti ochko o‘zib ketgan va turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Shunga qaramay, «shaharliklar» o‘z maydonida «MYU»ga qarshi so‘nggi uchta o‘yinning hammasini boy bergan. «Manchester Yunayted» esa hamshaharlaridan farqli ravishda bu mavsumni kuchli to‘rtlikka kirish uchun kurashga baxsh etdi. Ular noyabrda o‘tkazilgan dastlabki davra o‘yinini 2-0 hisobida «Man Siti»ga yutqazgan edi.

Quyida ushbu juftlik to‘qnashuviga oid qisqartirilgan ma’lumotlar bilan tanishasiz.

Musobaqa: APL, 28-tur
O‘tkazilish joyi: «Etihad Stadium»
Boshlanish vaqti: Toshkent vaqti bilan 21:30da
Jonli efir: «Uzreport TV» (Futbol TV)
Bosh hakam: Maykl Oliver
Qanot hakamlari: Saymon Bennet, Skott Ledjer
VAR: Styuart Attuell
VAR yordamchisi: Darren Kann
To‘rtinchi rasmiy: Endryu Medli

Gvardiola shogirdlari so‘nggi uchrashuvini Angliya kubogi doirasida «Piterboro»ga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongan edi. Jamoa «MYU» bilan o‘yinda himoyachi Ruben Diash xizmatidan foydalana olmaydi. Shuningdek, Koul Palmer ham jarohat sabab qaydnomaga kiritilmasligi ma’lum bo‘lgan.

«MYU» yuqorida aytilganidek, noyabr oyida «Old Trafford»da bo‘la turib, o‘z raqibiga teng kurash taklif eta olmagan. To‘g‘ri, klubning avvalgi ustozi Ole-Gunar Sulsher Gvardiolaning «tilini tushunadigan» mutaxassis edi. U 2019-20 yilgi mavsumning har ikki davrasida «shaharliklar»ga hech qanday imkon qoldirmagan. Shuningdek, «MYU» mehmonda so‘nggi uchrashuvlarda ketma-ket uch marta o‘z raqibini mag‘lub etgan. Sulsher mamlakat chempionlariga qarshi asosan qarshi hujum taktikasini tanlardi.

«Liverpul» ta’qibi fonida Pep Gvardiola o‘z jamoasini jiddiy tayyorgarlikdan o‘tkazayotgani aniq, albatta. Ular «MYU»ni mag‘lubiyatga uchratish orqali APLdagi intrigani so‘ndirishni niyat qilgan. «Etihad»da so‘nggi yillardagi omadsizliklarga qaramay, Gvardiola o‘z oldiga yangidan shakllanayotgan Rangnik shogirdlarini «nimtalash» maqsadini qo‘ygan bo‘lsa, ajab emas.
Angliya kubogida bir nechta liderlariga dam olish imkonini bergan Pep, ulardan «qizil iblislar»ni tiz cho‘ktirishda foydalanadi.

«Manchester Yunayted» tarkibida aytarli jiddiy yo‘qotish mavjud emas (Meyson Grinvudni hisobga olmaganda). Yaqindagina Edinson Kavani hamda Skott Maktominaylar safga qaytganligi ma’lum qilindi. Ulardan derbida foydalanilishi mumkin.

Umumiy statistika:

- «MYU»da 77 ta g‘alaba;

- Durang 53 ta;

- «Man Siti»da 56 ta g‘alaba.

Taxminiy tarkiblar:

«Manchester Siti» uchun

Darvozada: Ederson
Himoyada: Joau Kanselu, Jon Stounz, Emerik Lyaport, Aleksandr Zinchenko;
Yarim himoyada: Rodri, Kevin De Bryuyne, Ilkay Gyundogan;
Hujumda: Fil Foden, Bernardu Silva hamda Rahim Sterling (4-3-3).

"Manchester Yunayted uchun


Darvozada: David De Xea;
Himoyada: Eron Uan-Bissaka, Harri Maguayr, Rafael Varan, Lyuk Shou;
Yarim himoyada: Fred, Maktominey, Brunu Fernandesh;
Hujumda: Jeydon Sancho, Ronaldu hamda Pol Pogba (4-4-3). 

 

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com

* - чап қанотда, шартли равишда

Kiritildi: 06:00, 06.03.2022.
O'qildi: 2035 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.