Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Meksika chempionatida ko‘ngilsiz voqea ro‘y berdi (video)

Meksika chempionatida ko‘ngilsiz voqea ro‘y berdi (video)

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Meksika chempionatining 9-turidan o‘rin olgan «Keretaro» – «Atlas» uchrashuvi Santyago-de-Keretarodagi «Korregidora» stadionida muxlislar ishtirokidagi shiddatli mushtlashuvdan so‘ng to‘xtatildi.

«Keretaro» Xulio Ferchning golidan so‘ng 60-daqiqada o‘z maydonida 0:1 hisobida mag‘lub bo‘layotgandi. Kutilmaganda tribunada mushtlashuv boshlandi. "Keretaro" muxlislari ham maydonga yugurib, VAR jihozlarini vayron qilishdi. Muxlislarning bir qismi yosh boladan raqib jamoa futbolkasini yechishga majbur qilishgan. Halok bo‘lganlar haqida hali ma’lumot berilmadi, faqatgina 22 nafar muxlis jarohat olgani haqida xabar berildi.

«Korregidora stadionida qabul qilib bo‘lmaydigan va baxtsiz zo‘ravonlik. Stadionda qo‘riqlash ta’minlanmagani uchun aybdorlar jazolanadi. Futbolchilarimiz va muxlislarimiz xavfsizligi ustuvor vazifa!», deb yozdi Meksika chempionati prezidenti Mikel Arriola o‘zining "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida.

Xavfsizlik nuqtai nazaridan o‘yin qayta boshlanmadi va boshqa sanaga ko‘chiriladi. Liga voqea yuzasidan tergov ishlarini boshladi.

Kiritildi: 17:49, 06.03.2022.
O'qildi: 2734 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик