Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Gvardiola — «Sporting»ga qarshi o‘yin haqida: «Penaltilar seriyasi bo‘lishi mumkin»

Gvardiola — «Sporting»ga qarshi o‘yin haqida: «Penaltilar seriyasi bo‘lishi mumkin»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Portugaliyaning «Sporting» klubiga qarshi 1/8 final javob o‘yini uchun tarkib tanlashdagi qiyinchiliklar haqida gapirdi.

«Bizda unchalik ko‘p o‘yinchi yo‘q – atigi 14 nafari bahsga tayyor. Bu o‘yindan so‘ng «Kristal Pelas» o‘yiniga qadar tiklanishimiz uchun yana 5 kun borligini bilaman, lekin biz Natanni (Ake) maydonga tushira olmaymiz. Shifokor bu xavfli ekanligini aytdi. Ha, birinchi o‘yinda aql bovar qilmaydigan natijaga erishdik, ammo ish hali tugamagan, futbol oldindan aytib bo‘lmaydigan sport turi. Penaltilar bo‘lishi mumkin, raqiblar juda sifatli o‘yin ko‘rsatish ehtimoli bor... Nima bo‘lganda ham g‘alaba qozonish uchun qo‘limizdan kelganini qilishga harakat qilamiz. Tarkibimizda bor-yo‘g‘i uchta himoyachi bor, shuning uchun zahiradagi futbolchilardan foydalanishga majburmiz. Bugungi mashg‘ulotlardan keyin qaror qabul qilamiz», — deydi ispan mutaxassisi.

Ma’lumot o‘rnida, dastlabki o‘yinda «shaharliklar» Lissabon klubini yirik 5:0 hisobida mag‘lub etishdi.

Kiritildi: 20:44, 08.03.2022.
O'qildi: 1903 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.