Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Manba: "Chelsi"ning bank hisoblari muzlatib qo‘yildi

Manba: "Chelsi"ning bank hisoblari muzlatib qo‘yildi

Baho:
+ | -

Londonning “Chelsi” futbol klubining bank hisoblari muzlatib qo‘yildi. Bunday qaror Buyuk Britaniya hukumati tomonidan berilgan amaldagi tadbirkorlik lisenziyasiga qaramay qabul qilindi, deya yozadi “RIA Novosti” The Times nashriga tayanib.

Buyuk Britaniya hukumati payshanba kuni yetti nafar rossiyalik tadbirkorga, jumladan, “Chelsi” egasi Roman Abramovichga nisbatan sanksiyalar joriy qildi.

Sanksiyalar ostida qolganlarning Buyuk Britaniyaga kirishi taqiqlanadi va ularning mamlakatdagi aktivlari muzlatiladi.

Shunday qilib, rossiyalik tadbirkor Abramovichning Buyuk Britaniyaga kirish taqiqlandi, uning mamlakatdagi aktivlari muzlatib qo‘yildi.

Ma’lumot uchun, sanksiyalar qo‘llanilishidan oldin Abramovich "Chelsi"ni boshqarishni xayriya jamg‘armasi vasiylariga topshirgandi.

Kiritildi: 00:04, 12.03.2022.
O'qildi: 1669 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик