Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

"Inter" Perishich bilan shartnoma bo‘yicha muzokaralarning yangi bosqichini o‘tkazadi

"Inter" Perishich bilan shartnoma bo‘yicha muzokaralarning yangi bosqichini o‘tkazadi

Baho:
+ | -

"Inter" vinger Ivan Perishich bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda. Biroq tomonlar hozircha yakuniy kelishuvga erisha olishmayapti, deb xabar beradi TMW.

33 yoshli xorvatiyalik futbolchi yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan ikki mavsumga shartnoma imzolamoqchi. Shuningdek, u mavsumiga 5 million yevro ishlab olmoqchi.

"Inter" "1+1" sxemasi bo‘yicha shartnoma taklif qilmoqda. Klub shuningdek biroz kamroq maosh ham taklif qiladi: 4,5 million.

Yaqin vaqt ichida tomonlar muzokaralarning yangi bosqichini o‘tkazishadi. Perishichning "Inter" bilan amaldagi shartnomasi shu yozda yakuniga etadi.

Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 36 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 00:56, 12.03.2022.
O'qildi: 1025 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик