Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

YECHL. «Atletiko» bilan bugungi o‘yingacha («MYU»ning holati raqamlarda)

YECHL. «Atletiko» bilan bugungi o‘yingacha («MYU»ning holati raqamlarda)

Baho:
+ | -

Bugun "Manchester Yunayted" jamoasi Chempionlar Ligasi nimchorak final bahsida «Atletiko» klubini qabul qiladi. Birinchi bahsda 1:1 hisobi qayd etilgandi.

Manchester klubining hozirgi holati haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Tarkibga kelib qo‘shilganlar: Fil Jons, Li Grant

Jamoadan ketganlar: Amad Diallo («Reynjers», ijara), Antoni Marsyal («Sevilya», ijara), Donni van de Bek («Everton», ijara).

 

So‘nggi yangiliklar

Krishtianu Ronaldu Yevropa Chempionlar Ligasida 182 o‘yinda maydonga tushdi va o‘z rekordini yangilashda davom etmoqda. Bundan avvalgi rekord Iker Kasilyasga tegishli edi - 177 o‘yin. Portugaliyalik mazkur rekordni guruh bosqichining ikkinchi turida yangiladi.

Shanba kuni Ronaldu «Tottenxem» darvozasiga uchta gol urdi va Premyer-Liga tarixida Teddi Sheringemdan keyin xet-trikka erishgan eng yoshi katta (37 yosh, 35 kunlik) futbolchiga aylandi.

Bundan tashqari, Ronaldu "MYU" tarkibidagi o‘zining ikkinchi xet-trigini qayd etdi. Birinchisi 2008 yilning 12 yanvar kuni bo‘lgandi. Bu Premyer-Liga tarixida xet-triklar orasidagi eng uzun davr hisoblanadi.

Dam olish kuni Ronaldu tomonidan urilgan uchta gol portugaliyalik yulduzning klublar safida qayd etgan 49-xet-trigi bo‘ldi.

"MYU"ning «Tottenxem» ustidan qayd etgan g‘alabasi Premyer-Liga davrida manchesterliklarning 400-uy g‘alabasi sifatida e’tirof etildi. Shuningdek, shulardan 23tasi «shporlar»ga qarshi bahsda qo‘lga kiritilgan. Bu ham yana bir rekord sanaladi.

«Yunayted» barcha musobaqalarda oxirgi 9 uchrashuvdan uchtasida g‘alabaga erishgan (5 durang, 1 mag‘lubiyat).

"Qizil iblislar" 26 fevral kuni «Atletiko» bilan o‘yindan (1:1) keyin ilk ikki bahsda bitta gol urdi, shu uchrashuvlardan birida «Uotford» bilan 0:0 hisobi qayd etildi.

Klub 6 mart kuni mahalliy raqibi - "Manchester Siti" tomonidan mag‘lubiyatga (1:4) uchradi. Bu «qizillar»ning barcha musobaqalardagi oxirgi 22 o‘yinda uchralgan ikkita mag‘lubiyatidan biri hisoblanadi (11 g‘alaba, 9 durang).

«Shporlar» ustidan g‘alaba MYUning oxirgi 5 uy uchrashuvidagi ikkinchi g‘alabasi bo‘ldi. Qolgan uch o‘yinda durang natijasi qayd etilgan.

3 yanvar kuni «Vulverxempton» tomonidan uchralgan mag‘lubiyat (0:1) "Manchester Yunayted"ning barcha musobaqalarda oxirgi 12 uy uchrashuvlaridagi yagona qoqilishi hisoblanadi (7 g‘alaba, 4 durang).

«Uotford» bilan 0:0 hisobidagi o‘yindan keyin Manchester klubining 10 o‘yinlik golli seriyasi o‘z nihoyasiga yetdi. Shunday bo‘lsa-da, ular oxirgi 19 uchrashuvda 6 marotaba bittadan ko‘p gol urishgan.

«Uotford»ga qarshi bahsdagi "quruq o‘yin"dan keyin David de Xea APLda 129 uchrashuvda darvozasidan to‘p olib chiqmagan darvozabon sifatida e’tirof etildi hamda sobiq darvozabon Piter Shmeyxelning natijasidan o‘zib ketgan holda musobaqa tarixida top-10 darvozabonlar ro‘yxatiga kirishga muvaffaq bo‘ldi.

Jeydon Sancho barcha musobaqalarda "Manchester Yunayted" tarkibidagi ilk 23 o‘yinda 2 gol kiritgan. Oxirgi 9 uchrashuvda esa 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 14:23, 15.03.2022.
O'qildi: 2586 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.