Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Eldor “Roma” uchun keraksiz futbolchi. Uning o‘rni “Jenoa”da edi. Italiyalik mutaxassislar Shomurodovning o‘yiniga qanday baho berishmoqda?

Eldor “Roma” uchun keraksiz futbolchi. Uning o‘rni “Jenoa”da edi. Italiyalik mutaxassislar Shomurodovning o‘yiniga qanday baho berishmoqda?

Baho:
+-1 | -

Bugun “Roma” Konferensiyalar ligasi javob uchrashuvida “Vitess”ni qabul qiladi. Italiya jamoalari uchun eng muhim o‘yinlar oldidan Rossiyaning "sport-express" nashri “buoncalcioatutti.it” sayti asoschilari va mualliflaridan biri Alessio Semino bilan suhbat o‘tkazdi. Ushbu suhbatda “Roma”ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodovning muammolari va u nega rimliklar asosiy tarkibidan joy ololmagani haqida ham alohida fikr bildirishdi.

- “Jenoa”da o‘zini yorqin ko‘rsatgan, keyin esa Mourinyo boshchiligidagi “Roma”ga o‘tgan Eldor Shomurodov haqida nima deysiz?

- Men Eldorning faoliyatini alohida kuzatib boraman. Bu futbolchi hozir "Jenoa" uchun juda foydali bo‘lardi. Afsuski, u Genuya klubini erta tark etdi! Oldingi mutaxassislarning ishi fonida qiyin vaziyatga tushib qolgan “griffinlar”ning yangi murabbiy Blessin qisqa vaqt ichida deyarli o‘tib bo‘lmaydigan himoyani qura oldi, ammo klubning hujum chizig‘ida katta muammolar bor. "Jenoa"da gol ura oladigan hujumchilar yetishmayapti. Agar o‘yinda gol ursangiz,  A Seriyada qolishga yordam beradigan ochkolarni qo‘lga kiritasiz. Eh, Shomurodov “Jenoa”da qolganida, klubga juda katta foyda keltirgan bo‘lardi!

U o‘ziga-o‘zi vaziyat yarata oladigan va eng muhimi butun jamoaga raqibga nisbatan bosim o‘tkazishiga yordam beradigan futbolchi hisoblanadi. Eldor bu ishlarni Genuyada ham amalga oshirdi. Bu yerda uning o‘rni bor edi, qisqa vaqt ichida klubda Shomurodov o‘z o‘rnini topa olgandi. Shu sabab Eldor tezda genuyalik muxlislar hurmatiga sazovor bo‘ldi va "Jenoa"ning asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. Kamtarin, odobli yigit, professional va mehnatkash Shomurodov “Jenoa” klubi uchun ideal futbolchi hisoblanar edi.

 

- Nega Shomurodov "Roma"da o‘z o‘yinini ko‘rsata olmayapti?

- Bu holatni har tomonlama bilish uchun vaziyatni klub ichidan kuzatish va “Roma”ga aloqador kishilar bilan bevosita muloqot qilish kerak. Men Genuya va uning atrofida nima bo‘layotganini yaxshi bilaman, ammo Rimda bu borada men bilan suhbatlashadigan mutaxassis yo‘q. Tashqaridan qaraganda, Shomurodov uchun o‘yin nuqtai nazaridan ham, boshqa vaziyatlardan ham “Roma” qulay joy emasdek ko‘rinadi. Ammo bu mening sub’ektiv fikrim, men bu orqali hech kimga ta’sir o‘tkazmoqchi emasman.

Eldor "Jenoa"da o‘ynaganida ko‘zlari “yonib turardi”! Hozirda esa u menga xafadek bo‘lib tuyuladi. "Jenoa" rahbariyati Eldorga ishongan. Shuning uchun Shomurodov jamoaga qanchalik kerakligini his qildi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali ham uning Genuya u uchun qulayligi sezilib turardi. Mourinyo unga unchalik ishonmaydi. Eldorda esa o‘zini ko‘rsatish imkoniyati deyarli yo‘q. Aftidan, Joze yozda “Roma” rahbariyatidan Shomani boshqa jamoaga ketishini so‘raydi  va bundan o‘zbekistonlik futbolchining o‘z ham xafa bo‘lmasa kerak.

Eldorga tezroq maydonga tushishini chin dildan tilayman, chunki u qilayotgan mehnati va professionalligi bilan maydonda ko‘proq o‘ynashga loyiq. Balki hozirgi "Roma" uning jamoasi emasdir. Lekin Eldor boshqa jamoaga o‘tsa, ishonamanki, u o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata oladi Shomurodovning cho‘qqisi hali oldinda.  Men uning o‘yindarini diqqat bilan kuzatib boraman.

 

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yozda 26 yoshli Eldor Shomurodov 17.5 mln yevro evaziga "Roma" klubiga o‘tdi. O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi 5 yillik, 2026 yilning 30 iyuniga qadar davom etuvchi shartnoma imzoladi. Bitim tarkibida yaxshi o‘yin ko‘rsatgani uchun bonuslar ham bor. Bundan tashqari, "Jenoa" klubi futbolchining keyingi transferidan ma’lum miqdorda foyda ko‘radi. Legionerimiz “bo‘rilar” safida jami 30 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

 

Manba: sport-express
Kiritildi: 22:58, 17.03.2022.
O'qildi: 11326 marta.
Fikrlar: 36 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.