Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/10 00:00 Vilyarreal 3-1 Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut 3-1 Sautgempton
01/10 13:00 Sentrel Kost 1-2 Buriram Yunayted
01/10 15:00 Kavasaki Frontale 0-1 Kvangju
01/10 15:00 Poxang Stilers 3-0 Shangxay Port
01/10 17:00 Johor Dorul Ta'zim 3-0 Shanghai Shenhua
01/10 21:00 Sepohon 4-0 Istiqlol Dushanbe
01/10 21:00 Sharja 2-2 Al-Vihdat
01/10 21:45 Zalsburg 0-4 Brest
01/10 21:45 Shtutgart 1-1 Sparta
01/10 23:00 Al-Hilol 5-0 Ash-Shorta
01/10 23:00 Al-G‘arafa 4-2 Al-Ayn
01/10 23:59 Arsenal 2-0 PSJ
01/10 23:59 Bayer 1-0 Milan
01/10 23:59 Borussiya D 7-1 Seltik
01/10 23:59 Barselona 5-0 Yang Boyz
01/10 23:59 Inter 4-0 Srvena Zvezda
01/10 23:59 PSV 1-1 Sporting
01/10 23:59 Slovan 0-4 Manchester Siti
02/10 15:00 Vissel Kobe 2-1 Shandong Taishan
02/10 15:00 Yokogama Marinos 4-0 Ulsan Xyonde
02/10 15:00 Tep Han Nam Din 0-0 Bangkok Yunayted
02/10 17:00 Tampines Rovers 3-1 Li Man

Diyor Imomxo‘jayev: «Metallurg» — «Surxon» o‘yini shamol jangi siftaida yodda qoladigan bo‘ldi

Diyor Imomxo‘jayev: «Metallurg» — «Surxon» o‘yini shamol jangi siftaida yodda qoladigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

Superliga 3-turidan o‘rin olgan «Metallurg» — «Surxon» uchrashuvini Bekobodda kuzatdik. Kelajakda bu uchrashuv shamol jangi sifatida yodda qoladigan bo‘ldi.

Shu kuni Metallurgiya kombinati ijrochi direktori Dilshod aka Ahmedov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Nasib bo‘lsa, iyun oyi so‘ngiga qadar stadion projektorlari 2000 lyuksgacha olib chiqiladi. Sentyabrga qadar klubga tegishli qator futbol maydonlarining holatini sezilarli yaxshilash imkonini beradigan zamonaviy texnologiyalar sotib olinadi. Mavsum yakunida esa asosiy stadion drenaj tizimi yangilanadi hamda maydon maysasi almashtiriladi. Bu bizga 2023 yilgi mavsumda yana bir ajoyib futbol maydonga ega bo‘lish imkoniyatini beradi. Bekoboddagi stadionda yugurish yo‘laklari yo‘qligi inobatga olinsa, yetarli darajadagi yorug‘lik hamda sifatli maydon chimi bilan haqiqiy inglizcha muhit hosil qilish imkoniyati mavjud.

«Metallurg» bazasi Superliga klublari bilan solishtirganda eng zamonaviylaridan biri. Bazaning mashg‘ulot maydoni iyun oyiga qadar tayyor bo‘ladi. Shuningdek, klub akademiyasida umumiy hisobda 2 tadan katta sun’iy va tabiiy maydonlar yil yakunigacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.  

Tahminan 2026 yilga kelib, «Metallurg» Nasaf singari loyihaga to‘liq aylanib ulguradi. Bugun bu yo‘lda juda katta qadam tashlab bo‘lingan. Mazkur loyiha Toshkent, Toshkent viloyati, Sirdaryo, Jizzax va boshqa viloyatlarning iqtidorli yoshlarini qamrab oladi.

Ma’lumot uchun, «Metallurg» 2022 yilgi mavsum uchun faqatgina 1 nafar legioner futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazdi. U ham qo‘shni Tojikistondan. Qolgan holatlarda klub mahalliy futbolchilarga e’tibor qaratmoqda va ularning kamol topishi uchun ispaniyalik mutaxassislar xizmatidan foydalanmoqda.

Moddiy texnik bazaning zamonaviyligi masalasida olib qarasak, «Metallurg» klubi akademiyasi Nasaf hamda Bunyodkornikidan yaxshiroq. Mana shu akademiyani moliyalashtirish bugungi kundagi kabi 4-5 yil davom ettirilsa, yaqin kelajakda terma jamoalarga potensial nomzodlar Bekoboddan yetishib chiqa boshlaydi.

Akademiyada bolalarning bilim olishi, 5 mahal ovqatlanishi, mashg‘ulotlarda ishtirok etishi va boshqa masalalar barcha sharoit yaratilgan. Agar sizning farzandingizda iqtidor bo‘lsa va unga «Metallurg» akademiyasidan taklif tushsa, qo‘rqmasdan uni Bekobodga jo‘natishingiz mumkin. Kombinat rahbari akademiya rahbariyatidan birinchi navbatda futbolchi emas, inson tarbiyalashni talab qilayotgani e’tiborga molik. O‘zPFL bu prinsipni to‘la qo‘llab-quvvatlaydi.  

Ma’lumot uchun, Bekoboddagi futbol akademiyasi Madridning Real klubiga qarashi akademiyalar tizimi bilan hamkorlik qiladi.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 12:45, 18.03.2022.
O'qildi: 1244 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.