Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Sherali Boboqulov: «So‘g‘diyona-W» yangi tarix yaratmoqchi»

Sherali Boboqulov: «So‘g‘diyona-W» yangi tarix yaratmoqchi»

Baho:
+ | -

«So‘g‘diyona-W» ayollar klubi bosh murabbiyi Sherali Boboqulov O‘zbekiston superkubogi doirasida bo‘lib o‘tgan "Bunyodkor-W"ga qarshi o‘yin (3:0) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Bugungi g‘alaba bilan butun Jizzax ahlini, klub ishqibozlarini tabriklayman. Superkubok bahsiga tayyorgarlikni to‘g‘ri olib borganligimiz butun uchrashuv davomida bilindi. Mazkur bahs uchun tanlangan taktika va rejalarni shogirdlarim to‘liq amalga oshirishdi. Jamoam 90 daqiqa davomida jismonan charchab qolgani yo‘q. Zamonaviy futbolda bir daqiqaga ham e’tiborni yo‘qotmaslik talab etiladi. Bu mavsum jamoam 3 ta frontda ishtirok etadi. Oldimizdagi talablarni kuchaytirmasak, xalqaro maydonda qiyin bo‘lishini yaxshi bilamiz.

Bizning o‘z rejamiz bor edi. Kecha bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida syurpriz tayyorlaganimizni ta’kidlagan edim. Unga ko‘ra, biz dastlabki 10 daqiqa ichida raqibni yuqori pressing ostida qoldirishimiz kerak edi. Biz buni amalga oshirdik va ilk daqiqalardayoq ikkita to‘p kiritishga erishdik. Hisob yirik ko‘rinish olgach, maydonda «jang» boshlandi. Biz tajovuzkor futbolni davom ettirishimiz mumkin edi, ammo bu oqibatda jarohat va diskvalifikasiyaga olib kelishi mumkin edi. Bizga esa bu kerak emas. 5 kundan so‘ng dastlabki tur kutib turibdi.

Bu mavsum «Bunyodkor-W» tarkibida yo‘qotishlar bo‘ldi. Ushbu jamoa osonlikcha taslim bo‘lmaydi. Boisi, men ularning murabbiyini yaxshi bilaman. O‘ziga xos xarakterga ega. Menimcha, mavsum davomida «Bunyodkor-W» yaxshi darajaga chiqishiga ishonaman. «Sevinch» esa kuchaydi. O‘ylashimcha, aynan ushbu ikki klub chempionlik uchun raqobat qiladi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan O‘FA kubogida biz har ikki raqibdan ustun keldik. Barchasiga yana mavsum davomida guvoh bo‘lamiz.

Sarikovaning ketishi? U bilan imzolangan shartnoma o‘z nihoyasiga yetdi. Jamoamizning o‘ziga xos tanlagan yo‘li, falsafasi bor. Har bir futbolchining plyus va minus jihatlari bor. Yoshi, talablari, jamoadagi o‘rni bor. Bizga esa yosh, iqtidorli, jangovar, intizomli futbolchilar zarur. Mahliyo Sarikovaning jamoamiz uchun qilgan xizmatlariga rahmat aytaman. Biz u bilan do‘stona xayrlashdik.

O‘tgan yil «Bunyodkor-W» ayollar jamoalari o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etdi. Ammo ularning guruhdan chiqa olmaganliklari men uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Sababi, biz Eron, Iordaniya va Hindiston jamoalarini terma jamoa miqyosida doim mag‘lub etib kelganmiz. Klublar darajasi bo‘yicha ham yaqqol ustunlik qilishimizni kutgan edim. Biroq jamoaning balki, tayyorgarligida, ruhiyatida yoki iqlimga moslashishida muammolar kuzatilgandir. Biz esa bularni ham inobatga oldik. Ishonch bilan ayta olamanki, «Bunyodkor-W»ga nisbatan yaxshi ishtirok etib, o‘zbek futbolida yangi tarix yaratishga harakat qilamiz. Albatta, ushbu musobaqaga O‘zbekiston mezbonlik qilsa, barchasiga birgalikda guvoh bo‘lar edik.

G‘arbiy va Sharqiy mintaqa futbolida tafovut mavjud. Sharqda ayollar futboli yaxshi rivojlangan. Vyetnam va Xitoy Taypeyi kabi mamlakatlar qit’a futbolida o‘z o‘rniga ega. Futbolchilari juda tezkor, infrastruktura jihatdan, kuchli legionerlar jihatdan yaxshi rivoj topgan. Guruhdan chiqib, ular bilan o‘ynashni intizorlik bilan kutyapman. Aynan Sharq mintaqasi klublariga qarshi o‘ynab, o‘zimizning kuchli va kuchsiz jihatlarimizni ko‘rib olishimizni istayman", — dedi Boboqulov.

Manba: https://t.me/fcsogdianajizzak
Kiritildi: 09:46, 20.03.2022.
O'qildi: 904 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.