Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Aleksandr Krestinin: «O‘zbekistonga qarshi o‘yinda ikkinchi bo‘limda charchab qoldik»

Aleksandr Krestinin: «O‘zbekistonga qarshi o‘yinda ikkinchi bo‘limda charchab qoldik»

Baho:
+ | -

Qirg‘iziston terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin Navruz Cup musobaqasi doirasida O‘zbekistonga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin (1:3) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— O‘yin haqida fikrlaringiz.
— O‘zbekiston terma jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Ikkinchi taymda o‘yinimiz chiqmadi. Ikki bo‘limda ikki xil o‘tkazdik. Birinchi bo‘limda deyarli ideal o‘tkazgandik, ikkinchi taym esa o‘xshamadi.

— Avvalgi uchrashuvlarga qaraganda tarkibda yangilar ko‘p edi. Ikkinchi bo‘limda futbolchilar jamoa bo‘shashgandek ko‘rindi. Buning sababi nimada?
— To‘g‘ri ta’kidladingiz, ammo futbolchilar bo‘shashishmadi, balki jismoniy jihatdan toliqib qolishdi. Bu xatolar emas, bu bizning ayni paytda holatimiz. Ikkinchi bo‘limda charchab qoldik. Birinchi bo‘limda esa yomon harakat qilmagandik. Raqib maydonida jamoaviy pressing ishlatib, to‘pni bir necha marta olib qo‘ydik. Buning uchun esa ko‘p kuch sarfladik va ikkinchi bo‘limda xatolarga yo‘l qo‘ya boshladik. Ishonchliroq harakat qilish kerak edi. Xatolar ko‘paygani sari kuch ko‘p sarflanadi. Bu xatolarni to‘g‘irlasa bo‘ladi.

— Uchinchi o‘rin uchun bahsda Tojikistonga qarshi o‘yin kutib turibdi. Bu jamoa bilan Osiyo kubogi saralash bosqichida ham Qirg‘izistonga raqib hisoblanadi. Bu o‘yinda qandaydir sirli yurishlar bo‘ladimi? Yoki faqat natija uchun o‘ynaysizmi?
— Qanday sirli yurishlar? Iyun oyigacha hali ikki yarim oy vaqt bor. Bu yerda hech qanday sir yo‘q. Bir o‘yin boshqasidan farq qiladi. Hozirda yaxshi sparring raqib topish oson emas. Shuning uchun Tojikistonga qarshi yaxshi o‘yin bo‘ladi. Jamoa mart oyida boshqacha, iyun oyida boshqacha o‘yin ko‘rsatishi mumkin.

Kiritildi: 23:23, 25.03.2022.
O'qildi: 3030 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик