Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

"Aral Samali" bosh direktori: "Bosh murabbiyimiz Qozog‘istonga ketgan, bizda yordamchi murabbiy yo‘q"

"Aral Samali" bosh direktori: "Bosh murabbiyimiz Qozog‘istonga ketgan, bizda yordamchi murabbiy yo‘q"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun “Andijon” jamoasi pro liganing 4-turida o‘z maydonida Nukusning “Aral Samali” klubini qabul qildi va yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida “Aral Samali” klubi direktori Islom Seytnazarov ishtirok etdi.

- O‘yin yaxshi bo‘ldi. “Andijon” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Keyingi o‘yinlarda omad tilab qolaman. Endi keyingi “Mash’al” bilan bo‘ladigan uchrashuvga tayyorlanamiz. 2 aprel kuni o‘tkaziladigan o‘yinda bor kuchimizni ishga solamiz, - deydi Seytnazarov.

- Bugungi uchrashuvda bosh murabbiy Timur Turdiyev qatnashgani yo‘q. “Aral Samali”da boshqa murabbiy yo‘qmi? Bundan tashqari, shifokorlarni ham ko‘rganimiz yo‘q. Bunga sabab nima?

- Timur Turdiyev hozir pro lisenziyasi bo‘yicha o‘qishda. Malaka oshirish uchun Qozog‘istonga ketgan. Shifokorimiz bor, u Nukusda. Ammo bizda sportga ixtisoslashgan shifokor yo‘q-da! Shifokorimiz bor, faqat Nukusdagi o‘yinlarimizda ishlaydi. Yordamchi murabbiy hozircha yo‘q. Keyingi turda nasib qilsa ro‘yxatdan o‘tkazamiz.

- “Aral” jamoasi 20 yildirki, elitada qatnashmayapti. Jamoani asosiy maqsadi yo‘qmi?

- Superligada qatnashish maqsadimiz bor. Hali maydon va bazamiz tayyor emas. Shular tayyor bo‘lib qolsa, Superligaga munosib bo‘la olamiz.

- Boshidanoq o‘yinga bo‘lgan ishtiyoq ko‘rinmadi. Jamoa yutqazishi aniqdek harakat qildi. Nima uchun?

- Yo‘q, bunday emas. Barchasida ishtiyoq bor. O‘tgan yilgi tarkibimizdan yarmi o‘zgargan. Mahalliy iqtidorli yoshlarimiz bor. Ularda ham harakat bor. Maydonga tushishganida g‘alaba uchun kurashishadi.

- Hattoki, Yurtboshimiz ham “Aral”ga e’tibor qaratgan. Lekin natija bo‘lmayapti. Negadir klub Superligaga chiqadigan jamoaga aylanmayapti. Baza yo‘q deyapsiz, qachon sharoitlar yaxshilanadi? Qoraqalpog‘istonda rahbariyatning futbolga e’tibori qay darajada?

- Tepadagi rahbarlar qarashyapti. Bu yil bizda ikkita jamoa bo‘ldi. Pro liga va birinchi ligada jamoalarimiz bor. Bizning klubni xususiy biznesmen olgan. Birinchi ligadagi jamoa esa davlatga qaraydi. Maqsad bor. Markaziy stadionimiz ta’mirlanadi.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 19:24, 27.03.2022.
O'qildi: 1133 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.