Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Prevyu. “Paxtakor” – “Navbahor”

Prevyu. “Paxtakor” – “Navbahor”

Baho:
+ | -

Superliga 4-turi doirasida “Navbahor” safarda “Paxtakor” mehmoni bo‘ladi.

Superliga (oliy liga)mizning muntazam ishtirokchisi bo‘lgan mazkur klublarning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, jamoalar hozirgacha 62 marta o‘zaro ro‘baro‘ kelishgan. O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik poytaxtliklar tarafida. O‘tkazilgan bahslarning 38 tasida “sherlar” zafar quchishgan bo‘lsa, 13 ta o‘yinda “lochinlar” g‘alaba qozonishgan, 11 ta uchrashuvda esa durang qayd etilgan. “Paxtakor” “Navbahor” darvozasiga 103 ta to‘p kiritib, o‘z darvozasidan 48 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

O‘zaro o‘yinlarda “sherlar” 125, “lochinlar” esa 50 ochkoni qo‘lga kiritishgan.

Ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlari tarixida qayd etilgan eng yirik hisob - 7:0.

Ushbu hisob 2009 yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qayd etilib, unda “Paxtakor” zafar quchgandi.

Mazkur klublar shu kungacha Toshkentda 31 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, ushbu uchrashuvlarning 25 tasida “sherlar” g‘alaba qozonishgan, 5 ta o‘yinda durang qayd etilgan va 1 ta bahsda “lochinlar” zafar quchishgan.

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda “Paxtakor” “Navbahor” darvozasiga 67 ta gol urib, o‘z darvozasidan 19 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” – “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 1 aprel kuni soat 19:00 da “Paxtakor” stadionida boshlanadi.

Bo‘lajak uchrashuvda sevimli jamoamizga omad yor bo‘lib, joriy mavsumdagi navbatdagi g‘alabasini nishonlashiga tilakdoshmiz.

Kiritildi: 16:06, 28.03.2022.
O'qildi: 1418 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик