Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Milutin Sredoyevich: «Musobaqa shogirdlarim uchun yaxshi tajriba bo‘ldi»

Milutin Sredoyevich: «Musobaqa shogirdlarim uchun yaxshi tajriba bo‘ldi»

Baho:
+ | -

Uganda milliy jamoasi bosh murabbiyi Milutin Sredoyevich O‘zbekistonga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Avvalo musobaqani tashkil etgan O‘zbekistonga minnatdorchilik bildiraman. Yosh futbolchilardan tashkil topgan jamoamizni sinovdan o‘tkazib olish uchun yaxshi musobaqa bo‘ldi. Ayrim futbolchilarimiz 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Afrika chempionatida ishtirok etishgandi. Namangandagi musobaqa ular uchun yaxshi tajriba bo‘ldi. Uganda va O‘zbekiston chempionatlari o‘rtasida farq bor. Yosh futbolchilar O‘zbekiston kabi jamoaga qarshi o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu ular uchun muhim ahamiyatga ega. Iyun oyida bo‘ladigan Afrika millatlar kubogi saralash bosqichi oldidan o‘zim uchun tegishli xulosalarni chiqarib oldim.

O‘zbekiston - juda yaxshi jamoa va uni yaxshi saviyadagi futbolchilar bor, shuningdek, bu jamoani yaxshi murabbiy boshqarmoqda. Mezbonlarni muxlislar yaxshi qo‘llab-quvvatlab turishdi.

Birinchi golda futbolchilarimiz qo‘pol xato qilishdi va Masharipov undan samarali foydalandi. Shuningdek, Shomurodov va 18-raqamli futbolchi (Aziz Amonov) shogirdlarim uchun boshog‘riq bo‘lishdi.

Markaziy Osiyoda hujumkor o‘yin namoyish etadigan yaxshi jamoalar bor. Ularni Afrikaning shimoliy qismida joylashgan Marokash, Misr va Tunis terma jamoalarga taqqoslash mumkin.

O‘zbekistonga mehmondo‘stlik uchun minnatdorchilik bildiraman. Tashkilotchilik yuqori darajada bo‘ldi. Umid qilaman, O‘zbekiston ham bizga qarshi o‘yinda yetarli xulosalar oldi. O‘zbekistonda barcha futbolni sevishiga guvoh bo‘ldik", — dedi serbiyalik mutaxassis.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:06, 29.03.2022.
O'qildi: 2042 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.