Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Aql bovar qilmas yurish (video)

Aql bovar qilmas yurish (video)

Baho:
+ | -

«Benfika» FIFA kunlaridan oldin Portugaliya chempionati 27-turida «Eshtoril»ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda hisobni xavbek Rafa Silva ochdi - shedevr gol. 28 yoshli yarim himoyachi to‘pni o‘z jamoasi darvozasi oldida olib, birdaniga afsonaviy sprinter Useyn Bolt rejimini ishga tushirdi va 3 nafar raqibi ta’qibi ostida narigi jarima maydonigacha yugurib bordi. Yakunda esa hech qanday muammosiz darvozani nishonga oldi. Rafa bu yurish chog‘i 83 metr masofani 11 soniya (!!!)da bosib o‘tdi va to‘pga ham aynan 11 marta tegindi!

Aytish joiz, FIFA 22 ixlosmandlari Rafa tezligini yaxshi bilishadi - o‘yin ilovasida eng yuqori ko‘rsatkich aynan portugaliyalikka tegishli (94). Eng g‘alati tomoni, Rafa shunday ajib golni nishonlamadi. Nega? Chunki u «Benfika»da baxtsiz. Xabarlarga qaraganda, bu futbolchini «Vulverxempton» alohida kuzatmoqda. Har holda, Portugaliyaning A Bola  gazetasi shu haqda yozmoqda. Deylik, tezkor vinger o‘yindan keyin ham shedevr goliga izoh berishdan bosh tortdi. A Bola taxmini - ko‘pchilik bosh murabbiy Jorje Jezusning o‘tgan yilning oxiridagi iste’fosida aynan Silvani ayblamoqda va u shundan xafa. Vaholanki, Rafa hozir faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni o‘tkazmoqda - Portugaliya Primerosining 26ta o‘yinida 8ta gol va 16ta samarali uzatma. To‘g‘ri, Jezus ketgach, uning samaradorligi keskin pasaydi. Xususan, «Eshtoril» darvozasiga urilgan go‘zal gol Rafa uchun 2022 yil hisobidan birinchisi bo‘ldi.

Rafa Silva shaxsiy ko‘rsatkichlarining pasayishi oqibatida Portugaliya milliy jamoasi tarkibidan ham tushib qoldi. Eslatish kerak, Yevro-2016 va Millatlar ligasida g‘alaba nashidasini surgan futbolchi aynan 2016 yildan buyon «Benfika»da to‘p surmoqda. U bu orada 2 marta mamlakat chempioni bo‘ldi. Biroq «burgutlar» joriy mavsum milliy chempionat turnir jadvalida 3-o‘rinda borishmoqda, boz ustiga, pesh­qadam «Portu»dan 12 ochko ortda qolgan holda... Ayni payt «Vulverxempton»ning qiziqishi ancha jiddiy. Klub bosh murabbiyi Brunu Laje APLga yo‘l olishiga qadar «Benfika»da vinger bilan bevosita birga ishlagan va uni juda yaxshi biladi.

Oldinroq «Benfika» Rafa Siva transferi uchun «Vulvz»dan 42 million funt so‘rayotgani haqida xabarlar chiqqandi. Bu summa yana 2 oydan ke­yin 29 yoshga to‘ladigan va hozirga qadar Portugaliya tashqarisida o‘ynamagan futbolchi uchun juda ko‘p, albatta. To‘g‘ri, A Bola ma’lumotiga ko‘ra, «Benfika» ayni holatda Silvani chamasi 20-30 million funtga sotmoqchi. Lekin futbolchi hozircha Portugaliyada va aprel oyida CHL chorak finalida «Liverpul» himoyachilaridan qochib ketishga urinib ko‘rishi tayin.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 23:30, 30.03.2022.
O'qildi: 4148 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик