Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Prevyu. “Qizilqum” - “Navbahor”

Prevyu. “Qizilqum” - “Navbahor”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan bahsda "Navbahor" safarda “Qizilqum” (Navoiy) klubi mehmoni bo‘ladi.

Mazkur jamoalarning Superliga (oliy liga)dagi o‘zaro o‘yinlari statistikasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ushbu klublar 44 marta o‘zaro ro‘baro‘ bo‘lgan. Ushbu bahslarda “Navbahor” 17 marta, “Qizilqum”  esa 14 marta g‘alaba qozongan, 13 ta uchrashuvda esa durang qayd etilgan.

To‘plar nisbati bo‘yicha ustunlik namanganliklar tomonida -  56–46.

O‘zaro o‘yinlarda “Navbahor” 64, “Qizilqum” esa 55 ochkoni qo‘lga kiritgan. 

Namanganliklarning navoiyliklar ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi – 4:0 bo‘lsa, “Qizilqum”ning bu boradagi natijasi 3:0 ga teng.

O‘zbekiston kubogi bahslarida esa ushbu jamoalar 2003 yilgi mavsumda 1/8 finaldan o‘rin olgan o‘yinda o‘zaro ro‘baro‘ kelgan. Navoiydagi uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, Namangandagi javob bahsida “Navbahor” 4:2 hisobida zafar quchib, keyingi bosqichga yo‘l olgandi.                 

Eslatib o‘tamiz, “Qizilqum” – “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 6 aprel kuni Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida soat 18:00 da start oladi.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 19:33, 05.04.2022.
O'qildi: 1426 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик