Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/09 17:00 Lokomotiv 0-1 Navbahor
20/09 17:30 Tailand 1-9 Braziliya
20/09 17:30 Kuba 0-7 Xorvatiya
20/09 19:15 So‘g‘diyona 1-1 Andijon
20/09 20:00 Kosta-Rika 5-3 O‘zbekiston
20/09 20:00 Niderlandiya 5-2 Paragvay
20/09 21:30 Kalyari 0-2 Empoli
20/09 23:45 Verona 2-3 Torino
21/09 00:00 Alaves 2-1 Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem 0-3 Chelsi
21/09 17:00 Metallurg 3-2 Paxtakor
21/09 17:00 Valyadolid 0-0 Real Sosyedad
21/09 17:30 Liviya 0-8 Ispaniya
21/09 17:30 Qozog‘iston 10-0 Yangi Zelandiya
21/09 18:00 Venetsiya 2-0 Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa 3-1 Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem 3-1 Nyukasl
21/09 19:00 Lester 1-1 Everton
21/09 19:00 Tottenhem 3-1 Brentford
21/09 19:00 Liverpul 3-0 Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton 1-1 Ipsvich
21/09 19:15 Olimpik 0-3 Dinamo
21/09 19:15 Osasuna 2-1 Las-Palmas
21/09 20:00 Angola 5-9 Argentina
21/09 20:00 Ukraina 4-1 Afg‘oniston
21/09 21:00 Yuventus - Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas - Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya - Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina - Lasio
22/09 17:00 Xetafe - Leganes
22/09 18:00 Brayton - Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa - Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao - Selta
22/09 20:30 Manchester Siti - Arsenal
22/09 21:00 Roma - Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal - Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko

Chempionlar ligasi eng yaxshi to‘purari sovrinini qo‘lga kirita olmagan goleadorlar

Chempionlar ligasi eng yaxshi to‘purari sovrinini qo‘lga kirita olmagan goleadorlar

Baho:
+ | -

So‘nggi yillarda ko‘plab futbol muxlislari to‘purarlarning turli ro‘yxatlarida Krishtianu Ronaldu va Leo Messining kurashini kuzatishga odatlanib qolishgan. Jumladan, Chempionlar ligasida ham.

Portugaliyalik 7 marta, argentinalik 6 marta Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purariga. Lekin, ushbu sovringa da’vogar boshqa hujumchilar ham bor edi. Misol uchun, Erling Xoland yoki 2015 yilda Ronaldu va Leo bilan mukofotni bo‘lishib olgan Neymar.

Shu bilan birga, ko‘p sonli to‘purarlar Chempionlar ligasida ko‘p gol urishgan bo‘lsalar-da, bir mavsum davomida to‘purarlar reytingida yuqori pog‘onaga chiqa olishmadi. Shu sabab hozir shu kabi futbolchilar haqida suhbatlashamiz.

Kilian Mbappe - 33

Gollar: «Monako» (6), «PSJ» (27)

Jahon yulduzi - Kilian Mbappe. Yosh fransuz o‘zini «Monako» safida o‘zini butun dunyoga e’lon qildi. Yosh fransuz klubi bilan Chempionlar ligasida shov-shuv ko‘tardi. «Qizil-oqlar»ning asosiy tarkib futbolchisi sifatida bir mavsumda oltita gol urdi.

Kilian o‘zining yorqin o‘yinlari tufayli «PSJ»ga o‘tdi va u yerda dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylandi. Mbappening o‘tgan mavsumda Chempionlar ligasida sakkizta gol urdi va bu borada eng yaxshi natijasini qayd etdi. Agar joriy mavsum «PSJ» turnirning 1/8 finalida musobaqani tark etmaganida, shubhasiz bu natijani yaxshilangan bo‘lar edi.

Edinson Kavani - 35

Gollar: «Napoli» (5), «PSJ» (30)

Urugvaylik hujumchi Chempionlar ligasidagi debyutini «Napoli» safida o‘tkazdi va ushbu klub safida beshta gol urishga erishdi. U YECHLdagi asosiy yutuqlariga «PSJ» tarkibida erishgan.

Kavanining Chempionlar ligasidagi eng yaxshi mavsumi 2016/17 yillarga to‘g‘ri keldi. O‘shanda Kavani 8 gol urgan va «PSJ»ni musobaqa 1/8 finalgacha borishiga yordam bergan. E’tiborlisi, keyingi yili Edinson Chempionlar ligasida yettita gol urdi.

Muhammad Saloh - 36

Gollar: Bazel (2), Roma (1), Liverpul (33)

Misrlik hujumchi «Liverpul» safida Chempionlar ligasida birinchi mavsumni juda ajoyib o‘tkazdi va birdaniga o‘nta gol urdi. Ammo bu to‘purar bo‘lish uchun yetarli emas edi, chunki Krishtianu Ronaldu o‘sha mavsumda 15 ta gol urgan edi.

Salohning joriy mavsumdagi gollari soni 8 taga yetdi, bu Robert Levandovskidan 5 ta, Benzemadan 4 ta kam va shuning uchun to‘purar sovrinini qo‘lga kiritish misrlik uchun juda qiyin bo‘ladi.

Serxio Aguero - 41

Gollar: «Atletiko» (5), «Man Siti» (36)

Argentinalik goleador bu mavsumda yuragi bilan bog‘liq muammolar tufayli faoliyatini yakunladi, ammo baribir katta futbolga qaytish haqida o‘ylamoqda. Ammo uning Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari bo‘la olishi dargumon.

Aguero Chempionlar ligasini uch mavsum oltitadan gol urgan, ammo bular Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari sovrini uchun yetarli bo‘lmadi.

Didye Drogba - 44

Gollar: «Marsel» (5), «Chelsi» (36), «Galatasaroy» (3)

Afsonaviy hujumchi Chempionlar ligasida debyutini o‘tkazganda ancha tajribali futbolchi edi. U YECHLdagi ilk o‘yinini 25 yoshida o‘tkazdi. Ammo shunday bo‘lsa-da, iuvarlik futbolchi gol urish borasidai ajoyib natidalar qayd etdi.

Biroq, Aguero misolida bo‘lgani kabi, uning turnirdagi eng yaxshi natijasi 1 mavsumda oltita gol bo‘ldi.

Filipo Indzagi - 46

Gollar: «Yuventus» (17), «Milan» (29)

Indzagi ham Chempionlar ligasi to‘purari unvonini qo‘lga kirita olmagan futbolchilar qatorida.

Uning gollari va umumiy natijalari bo‘yicha eng yaxshi mavsumi 2002/03 yilgi yillarga to‘g‘ri keladi. O‘shanda «Milan» YECHL finalida «Yuventus»ni mag‘lub etgan va Indzagi butun turnir davomida 10 ta gol urgan edi. Bu natija Filipo uchun boshqa mavsumlarda to‘purar bo‘lishiga yetarli bo‘lardi, ammo bu mavsumdaemas edi. Sababi,  o‘shanda van Nistelroy 12 ta gol muallifiga aylangan edi.

Zlatan Ibrahimovich - 48

Gollar: «Ayaks» (6), «Yuventus» (3), «Inter» (6), «Barselona» (4), «Milan» (9), «PSJ» (20)

Shvesiyalik futbolchi hali ham o‘ynashda davom etmoqda. Zlatan endi Chempionlar ligasida eng yaxshi to‘purar bo‘la olmaydi. Ammo uning gollari sonini 50 taga yetkazib qo‘yishi mumkin.

2013/14 yilgi mavsumda Ibrahimovich «PSJ»ni 1/4 finalgacha borishiga yordam berdi, biroq jarohati tufayli «Chelsi» bilan javob o‘yinini o‘tkazib yubordi, bu o‘yinda parijliklar yutqazib, musobaqani tark etishdi. O‘sha mavsumda shved futbolchisining hisobida 10 ta gol bor edi.

Tyerri Anri - 50

Gollar: «Monako» (7), «Arsenal» (35),  «Barselona» (8)

Fransiyalik hujumchi uzoq vaqtdan beri Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish maqsadi sari harakat qilib kelgan. «Arsenal» bilan buni amalga oshirishning iloji bo‘lmadi, lekin «Barselona» bilan shunday bo‘ldi.

Gol urish borasidagi yutuqlarga kelsak, Anri Chempionlar ligasini juda qiyin boshladi, «Monako»dagi birinchi mavsumida u 7 ta gol urdi. Shuningdek, «Arsenal»da Tyerri jami 35 ta gol urishga erishgan, ammo bularning hech biri YECHL to‘purari sovrini qo‘lga kiritish uchun yetarli bo‘lmagan.

Tomas Myuller - 52

Gollar: «Bavariya» (52)

Myuller butun faoliyatini nemis grandi safida o‘tkazadi. «Bavariya» bilan birgalikda u marta bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Myullerning to‘purarlik fazilatlari uning kuchli tomoni emas, lekin 2009 yildan beri u 52 ta gol urdi. U 2012/13 yilgi mavsumda Tomas o‘zining shaxsiy rekordini qayd etgan. O‘shanda nemis futbolchisi sakkizta gol urdi va klub bilan kubokni qo‘lga kiritdi. Myuller xuddi shunday natijani 2015/16 yilgi mavsumda gol urish bo‘yicha takrorladi, ammo keyin «Bavariya» finalga bir qadam qolganda turnirni tark etdi.

Karim Benzema - 82

Gollar: «Lion» (12), «Real» (70)

Fransiyalik hujumchi «Lion»ning Chempionlar ligasini doirasidagi bahslarida 12 ta gol urishga erishgan.

Madrid grandi safiga ko‘chib o‘tgandan so‘ng, Benzema ko‘proq ochildi. U joriy mavsumda gollar bo‘yicha musobaqadagi eng yaxshi natijaga qayd etdi. U sakkizta o‘yinda 11 ta gol urgan va bu ko‘payishi mumkin. Sababi «Real» hali ham turnirdagi ishtirokini davom etirmoqda.

Endilikda 34 yoshli hujumchi Chempionlar ligasida mavsumning eng yaxshi to‘purari bo‘lish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Benzema individual sovrin uchun Robert Levandovski (12 gol) va Sebastyan Aller (11) bilan kurashmoqda.

«Real Madrid» Benzema bilan Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqishi ehtimoldan xoli emas, chunki «Chelsi»ga qarshi birinchi chorak final o‘yinida madridliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, javob o‘yini oldidan yaxshi natijaga erishdi.

Manba: isport.ua
Kiritildi: 18:23, 09.04.2022.
O'qildi: 2286 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.