Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

YECHL yo‘llanmasi uchun kurash. «MYU»da imkon qolmadi (mi?), «Tottenxem» favoritga aylanib oldi, «Arsenal» esa...

YECHL yo‘llanmasi uchun kurash. «MYU»da imkon qolmadi (mi?), «Tottenxem» favoritga aylanib oldi, «Arsenal» esa...

Baho:
+ | -

Biz hammamiz «Liverpul» va «Man Siti» o‘rtasidagi mavsumning eng qiziqarli o‘yinini intiqlik bilan kutmoqdamiz, ammo Premer-ligada kuchli 4 talik, ya’ni Chempionlar ligasi uchun ham kurash ham qiziqarli kechmoqda.

Hozir YECHL yo‘llarmasi uchun kechadigan kurash ham haqiqatdan ham qiziqarli o‘tmoqda. Kecha 4-o‘rin uchun kurashayotgan jamoalar o‘z o‘yinlarini o‘tkazdi.

«Manchester Yunayted» Lempard boshchiligidagi 17-o‘rindagi «Everton»ga imkoniyatni boy berdi

Chempionlar ligasini tark etgach, «MYU»ning o‘yini butunlay yo‘qolib qoldi: bir hafta oldin bo‘lib o‘tgan «Lester»ga qarshi o‘yinda qiyinchilik bilan 1 ochkoni qo‘lga kiritishgandi. Kecha esa APL turnir jadvalida 17-pog‘onani egallab turgan «Everton»ga kichik hisobda mag‘lub bo‘lib, o‘z ishlarini yanada qiyinlashtirdi. Sababi, Lempard boshchiligidagi «irislar» oldingi kabi xavfli jamoa emas va shuning uchun bu bellashuvda Rangnik yigitlari uchun juda oson «o‘lja» bo‘lib tuyuldi: bungacha «Everton» oltita o‘yindan beshtasida mag‘lub bo‘lgandi.

Ammo hamma narsa ancha murakkabroq bo‘lib chiqdi. «Everton» qahramonlik bilan «MYU» o‘yiniga javob qaytardi va 27-daqiqada Risharlison orqali qarshi uyushtirildi. U to‘pni chap qanotdan jarima maydonichasi yaqinida turgan Gordonga uzatib berdi va...

Zarba kuchli bo‘lmadi, lekin to‘g‘ri Garri Maguayrga tegdi. David de Xea rekoshet zarbaga chalg‘ib qoldi. «Manchester Yunayted» o‘yinning qolgan qismida bosim o‘tkazdi, ammo Lempard jamoasini mag‘luyu eta olmadi. Shunchaki, respekt Jordan Pikford!

«Biz uchrashuvni yaxshi boshladik va ularga qaraganda ko‘proq imkoniyat yaratdik. Keyin ular rekoshetdan gol urib ketishdi. To‘p o‘tkazib yuborgandan keyin jamoam butkul sinib qoldi. Tanaffusdan keyin almashtirishlar yordamida o‘yinga ijodkorlikni olib kelishga harakat qildik, lekin har doim ham to‘g‘ri qaror qabul qila olmadik. So‘nggi 35 daqiqada ular bor kuchlari bilan himoyalanishdi. Biz kerakli vaqtda kerakli futbolchini topa olmadik», - deya xulosa qildi Ralf Rangnik.

Juda achinarli statistika: Rangnik qo‘l ostida «Yunayted» Premyer-ligadagi o‘yinlarining atigi 47 foizida g‘alaba qozongan: 17 uchrashuvda sakkizta g‘alaba. Hech qachon bunchalik yomon bo‘lmagan, hatto muxlislarning jiddiy tanqidiga uchragan Sulsherning ham natijalari yaxshiroq edi...

«Biz ushbu o‘yindan oldin muammolarimiz borligini, o‘yin juda qiyin bo‘lishini bilardik. Gol urmayapmiz, chunkigolli vaziyatlar yarata olmayapmiz. Bu yerda nima deyishni bilmayman. Biz yetarli darajada yaxshi o‘yin ko‘rsatmayapmiz, bu aniq. Endi kuchli to‘rtlikka kirish nihoyatda qiyin bo‘ladi», - de Xea.

«Arsenal» yana mag‘lub bo‘ldi. Bu safargi raqib — «Brayton»

«Arsenal» fevral va mart oylarini ajoyib o‘tkazdi, Mikel Arteta shogirdlari yettita o‘yindan faqat bittasida mag‘lub bo‘lishdi. Ispan mutaxassisi Premyer-ligada mart oyining eng yaxshi murabbiyi sovrinini munosib ravishda oldi. Ammo aprel oyidagi birinchi o‘yin «Arsenal»ga yoqimsiz syurpriz bo‘ldi. O‘tgan hafta «kanonirlar» «Kristal Pelas»ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Bu safar Arteta shogirdlari «Brayton»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.

«Arsenal» ko‘plab vaziyatlar yaratdi va hatto tanaffus oldidan ofsayddan gol ham urdi, ammo o‘yin oxiriga kelib Martin Edegorning 30 metrdan chiroyli gol urib, o‘yinga intrigani qaytardi. Ammo kech edi.

«Biz uchun juda og‘ir hafta bo‘ldi. Ayniqsa, bugungi o‘yin qiyin kechdi. Ikkinchi bo‘limda nisbatan yaxshiroq harakat qildik, lekin juda kech edi. Birinchi bo‘limda yaxshiroq o‘ynash uchun jasorat va iroda ko‘rsatishimiz kerak edi. Biz o‘zimiz uchun barchasini qiyinlashtirdik», - deya o‘yindan keyin fikr bildirdi Arteta

«Arsenal» so‘nggi to‘rtta o‘yinning uchtasida mag‘lub bo‘ldi. «Brayton» esa fevral oyidan beri birinchi marta g‘alaba qozondi, yanvar oyidan beri birinchi marta bitta o‘yinda ikkita gol urdi.

Hozirda Chempionlar ligasi uchun kurashda favorit - «Tottenxe. Konte «shporlar»ni kurashga qaytardi

«Tottenxem Xotspur» Stiven Jerrard boshchiligidagi «Aston Villa»ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Bu orqali Konte jamoasi ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. London klubi so‘nggi yettita o‘yinning oltitasini yirik hisobda. Umumiy natija - 23:2. Aytgancha, Antonio 9-o‘rinda ketayotgan va ko‘plab muammolari bor jamoaga kelganini unutmadingiz, shundaymi?

 

• «Tottenxem»ning o‘yini ochilishida Kontedan tashqari Xarri Keyn va Son Xin Minning ham xizmatlari juda katta. Ayniqsa, koreyalik hujumchining yorqin o‘yinlarini alohida ta’kidlamoqchimiz. Son «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi, Keyn esa ikkita golli uzatma amalga oshirdi.

• Deyan Kulushevskining natijalari ham hayratlanarli. Shvesiyalik futbolchi Premyer-ligada 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, «Yuventus» asosiy tarkibidan joy ololmagan futbolchi londonliklar safiga qishda kelgan edi.

• Hozirda «Tottenxem» Chempionlar ligasining so‘nggi yo‘llanmasi uchun asosiy favorit bo‘lib turibdi. «Enfild»da «Liverpul»ga qarshi va o‘z uyida «Lester»ga qarshi o‘yinlar «shporlar»ning taqvimdagi eng qiyin raqiblar hisoblanishadi.

***

Keling, turnir jadvaliga qaraylik

«Manchester Yunayted» va «Vest Xem» hali ham Chempionlar ligasi uchun kurasha oladi, ammo ushbu jamoalar «Arsenal»dan 3 ochko, «Tottenxem»dan esa 6 ochko ortda qolmoqda.

Premyer-ligada kuchli 4-o‘rin uchun kurash tobora kuchayib bormoqda, ammo hozir hammasi Kontega bog‘liq.

Kiritildi: 11:29, 10.04.2022.
O'qildi: 3068 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.