"Liverpul" sardori Jordan Xenderson "Manchester Siti"ga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U shunday deydi:
"Biz g‘alaba qozona olmaganimiz, hammasi tugani degani emas. O‘yinning biz uchun ijobiy va salbiy taraflari bor. Biz hali ham chempionlik uchun kurashdamiz. Raqib odatda ochkolar yo‘qotavermaydi. Maqsadimiz tomon g‘alabalar bilan borish kerak ekanini bilamiz. Ularning birgina xatosi ham biz uchun katta imkoniyat beradi. Mavsum so‘ngiga qadar ishonchni yo‘qotmaymiz".
Ayni damda "Man Siti" hamda "Liverpul" o‘rtasidagi farq 1 ochkoni tashkil etmoqda. Har ikki jamoa 31 tadan tur o‘tkazgan.