Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Prevyu. “Navbahor” - “Dinamo”

Prevyu. “Navbahor” - “Dinamo”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi, 2-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” o‘z maydonida Samarqandning “Dinamo” jamoasini qabul qiladi.    

Mazkur klublar shu kungacha Superliga (oliy liga) bahslarida 48 marta o‘zaro ro‘baro‘ kelishgan. Ushbu o‘yinlarda namanganliklar 26, “ko‘hna shaharliklar” esa 13 marta zafar quchishgan bo‘lsa, 9 ta uchrashuvda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati – 85-43, “Navbahor” foydasiga.

O‘zaro o‘yinlarda “lochinlar” 87, “arslonlar” esa 48 ochkoni qo‘lga kiritishgan.  

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlarda eng yirik hisob 1996 va 1997 yillari Namanganda qayd etilgan. O‘sha mavsumlarda “Navbahor” “Dinamo” ustidan tegishlicha 6:0  hamda 7:1 hisoblarida zafar quchgan.

E’tiborlisi, samarqandliklar shu paytgacha namanganliklarni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchrata olishmagan.

O‘zbekiston kubogi doirasidagi uchrashuvlarda esa mazkur klublar 1994 va 2010 yillarda 1/4 hamda 1\8 final bahslarida o‘zaro ro‘baro‘ kelishgan.

1994 yilgi chorak final o‘yinlarida “lochinlar” Samarqandda 3:0, Namanganda 4:1 hisoblarida zafar quchib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgandi.

2010 yilgi nimchorak bahslarida esa “arslonlar” o‘z maydonlarida 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, Namanganda 3:3 hisobidagi durangni qayd etib, chorak finalga yo‘l olishgandi.               

Ushbu jamoalar shu kungacha barcha turnirlarda Namanganda o‘zaro 25 ta uchrashuv o‘tkazgan. Ushbu o‘yinlardan 18 tasida “Navbahor” g‘alaba qozongan bo‘lsa, yana 7 ta bahsda durang qayd etilgan.

Fakt: “Dinamo” hali Namanganda zafar qucha olmagan va viloyatimizda  bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda to‘plar nisbati -  60-14, jamoamiz foydasiga.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 00:20, 12.04.2022.
O'qildi: 1183 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик