Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

"Ayntraxt" ustozi: "90 daqiqa mobaynida himoyalanishning imkoni yo‘q"

"Ayntraxt" ustozi: "90 daqiqa mobaynida himoyalanishning imkoni yo‘q"

Baho:
+ | -

Frankfurtning «Ayntraxt» klubi bosh murabbiyi Oliver Glasner Yevropa ligasi doirasida «Barselona»ga qarshi bo‘ladigan o‘yin haqida fikr bildirdi.

1/4 finalining dastlabki o‘yinida durang qayd etilgandi – 1:1.

- Birinchi o‘yindan keyin nimani o‘rgandingiz?

- Birinchi o‘yinning to‘qson daqiqasini tomosha qildik. Biz ko‘p ishlarni yaxshi bajardik, ammo himoyada biroz konsentrasiya yetishmadi. Bundan tashqari, samarali bo‘lish juda muhim bo‘ladi. Bizning misolimiz «Vilyarreal»dir, ular samaraliligi tufayli "Bavariya"ga qarshi durang o‘ynadi. Ertaga g‘alaba qozonishimiz uchun yaxshilanishimiz kerak.

- Frankfurtdagilar o‘yindan nima kutayotganini bilasizmi?

- Ha. Bu shaharda muhokama qilinadigan yagona mavzu. Ular bizga omad tilab, tabriklashadi. Bizni qo‘llab-quvvatlash uchun Barselonaga ko‘p odamlar kelishini bilamiz. Ular bizni qo‘llab-quvvatlash uchun "Kamp Noug"a kelishlari bizga katta yordam beradi.

- Birinchi o‘yinga nisbatan o‘yin tizimingiz ko‘p o‘zgaradimi?

- O‘yin davomida ustunlik qilmadik, ammo ba’zi nuqtalarda o‘yinni nazorat qildik. Bilamizki, ular ochiq maydonda hujum qilishga harakat qilishadi. Bizning maqsadimiz ambisiyali bo‘lishdir.

Ertangi bahs birinchi o‘yindan unchalik farq qiladi deb o‘ylamayman. Aniq narsa, biz himoyalanmoqchi emasmiz, chunki 90 daqiqa himoyalanishni imkoniyati yo‘q. Ularni himoyaga o‘tishiga majburlashimiz va noqulay holga keltirishimiz kerak.

- Javob uchrashuvi safarda bo‘lib o‘tishi noqulay emasmi?

- Mehmonda urilgan gollarning ikki barobar qiymati bo‘lmagani uchun shoshilinch ravishda gol urishimiz shart emas. Yevrokuboklardagi o‘yinlarimiz tarixiga nazar tashlasangiz, mehmonda juda yaxshi natijalarga erishganimizni ko‘rasiz”, - dedi Oliver Glasner.

Kiritildi: 23:38, 13.04.2022.
O'qildi: 1609 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.