Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Messining “Marsel” darvozasiga urgan 2 goli inobatga olinmadi

Messining “Marsel” darvozasiga urgan 2 goli inobatga olinmadi

Baho:
+ | -

Lionel Messining Fransiya chempionati o‘yinida urgan ikkita goli hisobga olinmadi.

Liga-1 32-turi doirasida "PSJ" "Park de Prens" stadionida "Marsel"ni qabul qilmoqda (2:1, tanaffus).

Birinchi bo‘limda argentinalik futbolchining kiritgan ikkita goli ofsayd tufayli bekor qilindi.

Birinchi vaziyatda Nuno Mendesh chap qanotda uzatgan to‘pni Messi yaqin burchakka aniq zarba berib, gol urdi. Biroq ma’lum bo‘lishicha, portugaliyalik futbolchi bu vaqtda ofsaydda edi.

Ikkinchi vaziyat esa 41-daqiqada yuzaga keldi. Messi darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib, uzoq burchakka yo‘llagan zarbasi orqali gol urdi, biroq argentinalik futbolchi to‘pni qabul qilganda o‘yindan tashqari holatda ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Kiritildi: 01:01, 18.04.2022.
O'qildi: 1288 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик