Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Prevyu. “Navbahor” - “So‘g‘diyona”

Prevyu. “Navbahor” - “So‘g‘diyona”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 5-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” o‘z maydonida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasini qabul  qiladi.

Mazkur klublar O‘zbekiston chempionatlarining  Cuperliga (oliy liga)sida o‘zaro 52 marta uchrashishgan. Ushbu o‘yinlarning 25 tasida “Navbahor”  g‘alaba qozongan bo‘lsa, “So‘g‘diyona” 20 ta bahsda zafar quchgan, 7 ta o‘yinda esa durang qayd etilgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 88-60, “Navbahor”foydasiga.

Namanganliklar o‘zaro o‘yinlarda 82 ochkoni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, jizzaxliklar hisobida 67 ochko mavjud. 

“Navbahor” – “So‘g‘diyona” klublari o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvlardagi eng yirik hisob 1996 yili qayd etilgan. O‘sha yili “lochinlar” Namanganda jizzaxliklar darvozasiga 7 ta javobsiz to‘p kiritishgandi.

Sermahsullik borasida esa 2000 va 2014 yillardagi uchrashuvlar tarixda qolgan.

E’tiborlisi, o‘sha o‘yinlarda darvozalarga to‘qqiztadan gol urilgan.

2000 yili Namanganda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mezbonlar 6:3 hisobida zafar quchishgan bo‘lsa, 2014 yili Jizzaxda o‘tkazilgan bahsda “So‘g‘diyona” 5:4 hisobida g‘alaba qozongandi.

Namanganda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarning 21 tasida “lochinlar” zafar quchishgan bo‘lsa, 1 ta o‘yinda jizzaxliklar g‘alaba qozonishgan, 4 ta bahsda esa jamoalar durangga imzo chekishgan.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “So‘g‘diyona” o‘yini 26 aprel kuni Namangandagi “Markaziy” stadionida soat 18:15 da start oladi.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 02:56, 24.04.2022.
O'qildi: 1506 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик