Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya 1-1 Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao 4-2 Levante
08/02 21:30 Liverpul 1-2 Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo 0-5 Inter
08/02 22:30 Atletiko 0-1 Betis
09/02 00:45 Yuventus 2-2 Lasio
09/02 01:00 Valensiya 0-2 Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese
10/02 00:45 Roma - Kalyari
10/02 01:00 Vilyarreal - Espanyol

Viktor Kumikov: "O‘yindan oldin uchta gol uriladi, deb o‘ylamagandim"

Viktor Kumikov: "O‘yindan oldin uchta gol uriladi, deb o‘ylamagandim"

Baho:
+ | -

“Turon” – “Andijon” (1:2) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin odatga ko‘ra matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda dastlab "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi Viktor Kumikov ishtirok etdi.

- Bugun olti ochkolik o‘yin bo‘ldi. Hech kimga sir emas, “Turon”da ham, “Andijon”da ham Superligaga chiqish vazifalari bor. Mana shunday o‘yinda yutganimizdan xursandman. Uchrashuv kurashlarga boy bo‘ldi. Kiritilgan gollar esa o‘yinning bezagidir. Bugun uchta gol urildi. Lekin o‘yindan oldin uchta gol uriladi, deb o‘ylamagandim. O‘yin taqdirini birgina gol hal qilsa kerak, degan xayolda edim. Uchta gol urilishi balki chetlatish bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Biz 1:0 hisobida yutayotganimizda maydonda 10 kishi bo‘lib qoldik. Natijada darvozamizdan gol o‘tkazib yubordik. Baribir oxirigacha kurashishgani uchun futbolchilarga rahmat aytmoqchiman. Yakunda muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdik.

- Muhammadkarim Toirovning chetlatilishiga qanday munosabat bildirasiz?

- Chetlatishga kelsak, bu haqli ravishda bo‘ldi. Oldin burchak zarbasini amalga oshirdi va to‘p yana o‘ziga qaytdi. To‘pni sherigiga oshirish o‘rniga yana o‘zida ushlab qoldi. Natijada qoida buzishiga majbur bo‘ldi. Hakamlarga hech qanday e’tiroz yo‘q.

- “Turon”ning namoyish etgan o‘yini borasida fikringiz qanday?

- “Turon” yaxshi jamoa. Bejizga yuqori o‘rinlarda emas. Chetlatilishdan oldin o‘yin teng kurashlar ostida kechayotgandi. “Andijon” bilan “Turon”da aksariyat o‘yinchilarning saviyasi bir xil. Faqat o‘yin uslubida farq qilishi mumkin.

- Farhod Sohibjonovni almashtirilishiga qanday izoh berasiz?

- U charchab qoldi. Ko‘rgan bo‘lsangiz, bizga gol urilgan vaziyatda orqaga qaytishga ulgurmay qoldi. Aslida Sohibjonovni oldinroq almashtirmoqchi edim. Undan kuching bormi, o‘ynay olasanmi, deb so‘rasam, ha, kuchim bor degandi. Lekin keyin toliqib qoldi. Menimcha, bor kuchini hujumga sarflab orqaga qaytishga ulgurmay qoldi. Bugun futbolchi almashtirishlarni majburlikdan amalga oshirdik." - dedi Kumikov

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 00:54, 30.04.2022.
O'qildi: 1113 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.