Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Ertangi o‘yinda YECHLning Angliyadagi to‘rtinchi vakili aniq bo‘lishi mumkin

Ertangi o‘yinda YECHLning Angliyadagi to‘rtinchi vakili aniq bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

«Arsenal»ga 35 turga kelib ochko juda-juda zarur bo‘lib turibdi. Ammo bu galgi raqib oson emas. «Vest Xem» ertaga Shimoliy London vakilini g‘arbda mehmon qiladi. Bu mavsum isbot qildiki, endi hech bir jamoa «Vest Xem» bilan bahsga shunchaki navbatdagi raqib va navbatchi o‘yin sifatida qaray olmaydi. Hammasi ajoyib murabbiy Devid Moyesning sharofati bilan ro‘y bermoqda. Shotlandiyalik mutaxassis 2019 yilning dekabrida jamoaga olib kelingan edi. Ayni damda esa «bolg‘achilar» APLda 7 o‘rinni, YELda esa yarim finalni zabt etib turibdi. Ammo ular uchun ham raqib chakana emas: Mikel Artetaning yosh va navqiron to‘pchilari saf tortadi. Ularning maqsadi esa YECHLga qaytish. Bu yo‘lda «Chelsi» va «MYU» mag‘lub etildi. Endigi navbat esa «Vest Xem»ga.

«Vest Xem» so‘nggi ikki o‘yinini mag‘lubiyat bilan yakunladi. Dastlab, «Chelsi» bilan mehmonda 0-1 o‘ynagan bo‘lsa, Yevropa Ligasining dastlabki yarim finalida «Ayntraxt»dan o‘z maydonida zarba qabul qilib oldi. Ammo doimo Devid Moyes mudofaaga yaxshi e’tibor beradigan mutaxassis sanaladi. U uchtalik yoki to‘rttalik himoyachi orqali istalgan raqibga muammo tug‘dirishi mumkin. Jamoada tayanch yarim himoyachilari hamda chuqur mudofaadagilar bilan yaxshi bog‘liqlik bor. Shu sababdan qarshi tomon vakillari «Vest Xem» darvozasiga qadar o‘ta zich to‘siqni yengib o‘tishlari kerak bo‘ladi. Bu ish esa «Arsenal» uchun oson bo‘lmasligi aniq.

Mikel Arteta «Arsenal»ga endi tayinlangan payti ko‘rsatib qo‘ygan ediki, uning jamoasi asosan hujum uchun moslashtiriladi. Shu sabab birinchilardanoq Unai Emeri paytida qurilgan tizimni buzib tashladi. Chunki u davrdagi futbolchilar hujumkorlikka javob berishi qiyin edi. Aynan shu narsa jamoada ayrim «nosozlik»liklarni keltirib chiqardi. Klub kutilmaganda mag‘lubiyatlar botqog‘iga botib qoldi. «Arsenal» muxlislari esa umidsizlangandan umidsizlanib borardi. Ha, jarayon rejalashtirilgan edi, ammo oson kechadigan ish emasdi. Hatto bugun ham jarayonlarni to‘liq yakunlangan deya olmaymiz. Ammo tezkor hujumga o‘tish amaliyoti «Arsenal» futbolchilari harakatida ko‘zga tashlana boshladi. Buni yorqin misolini 1 yanvar kuni Emirates'da o‘tgan «Manchester Siti»ga qarshi bahsda guvoh bo‘ldik.
Endi esa «Vest Xem»ga qarshi ham katta kuch sarf etilishi kerak. Arteta uchun raqib qo‘rg‘onini yorib o‘tish ancha qiyin bo‘ladi. Shu sabab jamoa «Vest Xem» himoyasini tamg‘alashi, ya’ni qurshab olib bo‘lsada, undan o‘tishi kerak.

Mikel Artetaning boshlovchi o‘n birligi uchun Takexiro Tomiyasu kabi asosiy tarkib futbolchilari zarur. Granit Jaka esa allaqachon rad qilib bo‘lmas a’zo va uning ishi o‘ta muhimdir.


«Arsenal» raqib darvozasi oldida yuqori xavfli jamoaga aylanib ulgurgan. Bu xavf asosan maydonning o‘ng qanotida harakat qiluvchi Bukayo Saka yordamida yuzaga keltiriladi. Shuningdek, Martin Edegorning funksional vazifasi ham juda kerak. Bu ikki hujumkor futbolchilar yuqori texnika va kreativ hujum g‘oyalariga egadir. Shu sabab Devid Moyes o‘z shogirdlariga aynan ularni alohida kuzatishni buyuradi. Xullas, ertangi derbi har doimgisidan qiziqroq bo‘ladi. Yuqori ambitsiyga ega «Arsenal» bilan Yevrokuboklardan umid uzolmayotgan «Vest Xem»ning o‘yinini ko‘rish istalgan muxlisga zavq berishi tayin.


Ushbu uchrashuv 1 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30da start olishi belgilangan.

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 22:44, 30.04.2022.
O'qildi: 2607 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.