Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Gresiya terma jamoasi murabbiyi "Andijon"ni "Turon" ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alaba bilan tabrikladi

Gresiya terma jamoasi murabbiyi "Andijon"ni "Turon" ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alaba bilan tabrikladi

Baho:
+ | -

“Andijon” klubi har tomonlama rivojlanish rejasi asosida o‘z yo‘nalishini tanlab olgan. Faqat barchasiga birdaniga emas, bosqichma-bosqich erishib boriladi.

Klubning rivojlanish strategiyasida “Andijon” imidjini oshirish ham muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda klub matbuot xizmati tomonidan “Yulduzlar biz haqimizda” rukni ham bejizga joriy etilmagan.

Oxirgi paytlardagi o‘zaro izlanishlarimiz natijasida jamoamizni endi xorijda ham taniy boshlayaptilar. Shunga yarasha “Andijon” klubining do‘stlari ham ortib bormoqda.

Jamoamizning “Turon” maydonida qo‘lga kiritgan g‘alabasi ayrim chet ellik mutaxassislarning ham e’tiborini tortdi. Jumladan, ispaniyalik 37 yoshli mutaxassis Xerard Nus Gasanova “Andijon”ni kuzatmoqda.

U murabbiylik faoliyati mobaynida “Liverpul” akademiyasi (Angliya), “Brayton” akademiyasi (Angliya), “Chonnam Dragons” (Janubiy Koreya), “Melburn” (Avstraliya), “Elche” (Ispaniya), “Rayo Valyekano” (Ispaniya), “Irtish” (Qozog‘iston), “Krasnodar” (Rossiya) singari klublarda ishlagan.

Bugungi kunda Gresiya milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat ko‘rsatyapti. Terma jamoaga taniqli mutaxassis Gustavo Poyet bosh murabbiylik qilyapti va Xerard Nus Gasanova uning birinchi yordamchisi hisoblanadi.

Aynan mazkur mutaxassis “Andijon” jamoamiz haqida o‘zining
bilganlarini aytdi.

- “Andijon”ni qo‘lga kiritgan muhim g‘alabasi bilan tabriklayman. Sizlarga klubning tanlagan loyihasida omad tilayman. Ishonamanki, yaxshi ish tajribasiga va ajoyib rejaga ega mutaxassislar bu klubni yanada omadli hamda muvaffaqiyatga erishadigan jamoaga aylantira oladilar.

“Andijon”ning o‘yinlarini yaqindan kuzatib boryapman. Bu klubga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. Kelgusi uchrashuvlarda ham ijobiy natija qayd etishlarini istayman.

Superligaga qaytish uchun jamoadagilar qattiq ishlashayotganini bilaman. Bu tabiiy holat. Chunki ular o‘zbek futbolining eng yuqori pog‘onalarida bo‘lishni xohlashadi.

“Andijon”da ko‘p jamoalarda bo‘lmagan narsa – ya’ni, juda ajoyib muxlislari bor. Bunday ishqibozlar bilan birgalikda ko‘p narsalarga erishsa bo‘ladi.

Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, O‘zbekiston Kubogi musobaqasida ham kurashni davom ettirayotganining o‘zi yaxshi holat. Kelgusida ham jamoa o‘yinlarini kuzatishda davom etaman. Yana qaytaraman: “Andijon”ga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman, - deydi ispaniyalik murabbiy.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 00:11, 01.05.2022.
O'qildi: 2756 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик