Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/03 00:00 Betis 2-1 Sevilya
31/03 21:30 Verona 0-0 Parma
31/03 23:45 Lasio 1-1 Torino
01/04 00:00 Selta 1-1 Las-Palmas
01/04 23:45 Vulverhempton - Vest Xem
01/04 23:45 Arsenal - Fulhem
02/04 00:00 Nottingem Forest - Man. Yunayted
02/04 23:45 Brayton - Aston Villa
02/04 23:45 Sautgempton - Kristal Pelas
02/04 23:45 Manchester Siti - Lester
02/04 23:45 Nyukasl - Brentford
02/04 23:45 Bornmut - Ipsvich
03/04 00:00 Liverpul - Everton

«Osasuna» muxlislar uchun yangi texnologiya joriy qildi

«Osasuna» muxlislar uchun yangi texnologiya joriy qildi

Baho:
+ | -

«Osasuna» Ispaniya La Ligasida muxlislarni stadionga biometrik ma’lumotlar asosida kiritish g‘oyasini ilgari surgan birinchi klub bo‘ldi.

Xususan, «Alaves»ga qarshi o‘yin oldidan «Reyno-de-Navarra» stadioni darvozasi yoniga terminal joylashtirildi. Muxlislar stadionga kirishda maxsus mobil ilova vositasida shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etishadi. Shuningdek, qo‘l telefonidagi oddiy selfi ham kifoya qilishi mumkin.

Yangi g‘oyaning plyus tomonlaridan biri shuki, stadionga kirishda navbat kutish vaqti sezilarli darajada kamaya­di. To‘g‘ri, terminalga tobi yo‘q, mobil ilovalarni tushunmaydigan fanatlar arenaga oldingidek qog‘oz yoki elektron chipta bilan ham kirishlari mumkin. Xullas, «Osasuna» muxlislarga ikki yo‘ldan birini tanlash imkonini bermoqda: terminal yordamida navbatsiz kirish va chipta bilan ma’lum vaqt kutish.    

«Osasuna» rahbariyatining ma’lum qilishicha, sinov tariqasida yo‘lga qo‘yilgan bu tajriba samarasi kutilgan darajada chiqsa, yaqin kelajakda «Reyno-de-Navarra» stadionidagi barcha kirish darvozalari oldiga texnologik terminallar o‘rnatiladi. Qiziq, moddiy-texnik bazasi boy klublarga to‘la La Ligada stadionga kirishni avtomatlashtirish harakatini nega aynan kamtarin «Osasuna» boshlab berdi? Gap shundaki, Pamplona jamoasi inson shaxsini yuz qiyofasidan aniqlashtirish borasida ma’lum yutuqlarga erishgan dasGate kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi. Umuman, «Osasuna» g‘oyasi yaqin orada butun La Ligaga yoyilsa, ajabmas. Chunki Ispaniyadagi aksariyat arenalarning kirish-chiqish yo‘laklarida ko‘pincha uzun nav­bat yuzaga keladi.    

M.PO‘LATOV tayyorladi.

Manba: iff.uz
Kiritildi: 10:40, 01.05.2022.
O'qildi: 942 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz