Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Jarohat sabab 2010 yilda Messining karyerasi tugashi mumkinligini bilarmidingiz? Jiddiy to‘qnashuvdan keyin uning oyog‘i qanday qilib sinib ketmagan? (foto)

Jarohat sabab 2010 yilda Messining karyerasi tugashi mumkinligini bilarmidingiz? Jiddiy to‘qnashuvdan keyin uning oyog‘i qanday qilib sinib ketmagan? (foto)

Baho:
+ | -

Messiga omad kulib boqdi. Faoliyati davomida u ikki oydan ko‘proq vaqt davomida o‘yindan chetda qolgan birorta ham jarohat olmadi. Jarohatlar ko‘plab buyuk futbolchilar - Ronaldo, Ouen, Sisse, van Bastenlarning karyeralarini barbod qildi. Messi 2010 yilning kuzida bu ro‘yxatda bo‘lishi mumkin edi. "Barselona" La Liga 3-turi doirasida "Atletiko Madrid"ni qabul qildi. O‘shanda Madrid klubi hali oltin medallar uchun kurashda raqobatlasha olishdan yiroq edi, ammo "matraschilar" muntazam ravishda gigantlarning oyog‘idan “chalib” yurgan.

Uchrashuvda "Barsa" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi, ammo barcha matbuot va muxlislar e’tibori Messining olgan jarohatiga qaratildi. O‘yinning 90+3-daqiqasida Leo posbon Pereani ortda qoldirib, darvoza tomon yugurdi, ammo uni "Atletiko" markaziy himoyachisi Tomas Uyfalushi shafqatsizlarcha to‘xtatdi. Argentinalik og‘riqdan baqirib, bir necha marta dumaladi.

Avvaliga hakamdan boshqa hech kim qo‘pollik qanchalik dahshatli ekanini tushunmadi. Hatto “Barsa” futbolchilari ham hakamni qizil kartochka ko‘rsatish talabi bilan o‘rab olishga shoshilishmadi. Hakam buni tezda anglab yetdi va Uyfalushini maydondan chetlatdi. Messiga maydonning o‘zida yordam berishdi. Shunda kameralar Lionelning jarohati qanchalik jiddiy ekanligini ko‘rsatdi. Argentinalik futbolchini maydondan zambilda olib chiqib ketishdi.

Ammo Ispaniya futboli nima bo‘lganini ertasi kuni, barcha gazetalar muqovasida shu surat bilan chiqqanida anglab yetdi. Hammaning boshida mantiqiy savol tug‘ildi - qanday qilib Messining oyog‘i sinib ketmadi?

"Xudo tomonidan" - shunday nom bilan Madridning "Marca" nashri maqola e’lon qildi. Boshqa nashrlar bu borada boshqacharoq yozdi. "Uyfalushi —haqiqiy ko‘cha bezorisi", deb yozdi ESPN sharhlovchisi Grem Xunter. "Uyfalushi — vahshiy. Uni ligadan chetlatish kerak", - deydi Mundo Deportivo jurnalisti Luis Rasionero. Kataloniyadagi yana bir OAV jurnalisti yanada keskinroq edi: "Uyfalushi do‘zaxga tushishi kerak".

Gvardiola bu vaziyatga vazminroq javob berdi: “Menimcha, Uyfalushi Messiga ataylab jarohat yetkazmagan. Futbolda shunday bo‘ladi: "Atletiko" futbolchisi yuqori tezlikda harakat qildi, lekin menimcha, u Leoni jarohatlash niyatida emas edi. Har holda, shuni aytishim kerakki, futbolda qo‘pol emas, tajovuzkor bo‘lish kerak”.

“Omma oldida uzr so‘rashim kerak, chunki men Messiga beixtiyor jarohat yetkazganman. Men to‘pga o‘ynamoqchi edim, afsuski, uning to‘pig‘iga zarba berib bordim. Katta tezlikda harakatlanib, o‘zimni to‘xtata olmadim. Messi bilan hali gaplashmadim. Men kecha undan uzr so‘rashga harakat qildim, lekin bunday qila olmadim. Bugun men unga uzr so‘rash xatini yubordim”, — dedi Uyfalushining o‘zi. 

Agar ijtimoiy tarmoqlar rivojlangan davrida shunday bo‘lsa, Uyfalushining obro‘si pasayishini bilish qiyin emas edi. Aytgancha, bu chexiyalik futbolchining faoliyatidagi ikkinchi chetlatish bo‘lgan. Ispaniya sport qo‘mitasi Tomasni bir oyga diskvalifikasiya qilishni talab qildi, biroq La Liga uni atigi uchta o‘yinga chetlatdi.

Bunga ishonish qiyin, biroq Messi to‘pig‘ining ichki suyaklari shikastlanib, sinishdan qutulib qoldi. Uning tiklanishiga atigi uch hafta kerak bo‘ldi. Bir oydan kamroq muddatda Leo "Barsa"ni La Ligaga chempionligi, Chempionlar Ligasi yarim finalida "Real Madrid" darvozasiga ajoyib gol urish,  finalda "Manchester Yunayted"ni mag‘lub etish uchun qaytib keldi.

Leo qanday qilib oyog‘ini sinishdan saqlab qolganini aytish qiyin. Buni Messining yuqori tezlikni oshirgani va tayanch oyog‘ini maysazorga to‘liq bosmagani va gavdasini oldinga tashlashi saqlab qolgan bo‘lsa kerak. Bundan tashqari, hamma narsa mutaxassis Xosep Gvardiolaning "Barsa"ga kelishi bilan tayinlangan maxsus mutaxassislarining xizmatlari bo‘lgan degan taxmin bor. Pep Messining sog‘lig‘ini shaxsiy nazoratga olgan. Pep uning diyetasi, tiklanishi va kundalik hayotiga alohida e’tibor qaratgan. Faoliyatining boshida Lionel jarohatlarga moyil futbolchi edi. Masalan, u jarohati tufayli 2006 yilda Chempionlar ligasi finalini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi. Ammo Gvardiola bilan ishlagandan keyin Messining jarohatlari juda kam uchraydigan holatga aylandi. Demak, Pepning usullari argentinalikka yillar davomida yuqori saviyada o‘ynash imkonini bergan deb taxmin qilishimiz mumkin va ma’lum darajada karyerasini saqlab qoldi.

Kiritildi: 16:47, 02.05.2022.
O'qildi: 6182 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.