Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Yakuniga yetayotgan mavsumda "MYU"ni qaysi jamoalar sharmandalarcha mag‘lub etgan edi?

Yakuniga yetayotgan mavsumda "MYU"ni qaysi jamoalar sharmandalarcha mag‘lub etgan edi?

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning APLdagi so‘nggi mag‘lubiyati, jamoani tarixdagi eng past natija qayd etishiga juda yaqin olib keldi. Klub mavsumni o‘ta yuqori notada boshlagandi: Ronaldu qaytgan, Pogba uyg‘oq va Sancho o‘zini ko‘rsatgan...
Biroq ko‘p o‘tmay, natijalar yomonlasha boshladi. Shunday bir paytda Sulsher ishdan olindi va boshqaruv Rangnik qo‘liga o‘tdi. Nemis mutaxassisi ham amalda ahvolni o‘nglay olmadi. Ayni damda "MYU" 6 o‘rinda va ular uchun mavsum yakunlanishiga bir tur qolgan. Quyida "qizil iblislar"ning mavsum davomida qayd etgan eng yomon natijalarini eslab o‘tamiz.

"Liverpul"ga qarshi o‘yin (0-5)

Ushbu raqiblar o‘rtasidagi bahs doimo keskin va murosasiz o‘tgan. Ammo bahs so‘ngida har doim ham "MYU" muxlislar xursand bo‘lavermagan. O‘tgan yilning oktyabrida ham shunday hodisa yuz beradi. O‘shanda Klopp shogirdlari "qizil iblislar" maydonida raqibga, javobsiz 5 ta gol "hadya" etadi. Bu natija har ikki tomon o‘rtasida qanchalik katta farq borligini va Sulsher g‘oyalari ortiq ishlamayotganini ko‘rsatib qo‘ygan edi.

"Uotford"ga qarshi o‘yin (4-1)

Bu o‘yin Ole-Gunar Sulsherning so‘nggi murabbiylik bahsiga aylangan edi. Yuqorida aytilganidek, zo‘r start va natijalarning birdan yomonlashishi, "qizil iblislar"ning turnir autsayderlariga yirik hisobda taslim bo‘lishiga olib keldi. Ayni damda "Uotford" APLni tark etadigan bo‘lib turibdi. Ammo noyabr oyida ular "MYU"dek jamoani mag‘lub eta olgan. O‘sha zarba ta’siri hali-hamon sezilib turibdi.

"Manchester Siti"ga qarshi (4-1)

Manchester derbilari ichida shaharning qizil tomoni hech qachon bunday zaif ko‘rinmagan bo‘lsa kerak. Hali ham Rangnik jamoasining baxti bor ekan – 4 ta gol bilan qutilib qoldi. Ammo "shaharliklar" o‘sha o‘yinda raqib darvozasiga naq 24 marta aniq zarba yo‘llagan edi. O‘yindagi Jeydon Sanchoning yagona goli jamoaga yordam bermadi. Ayni damda esa Angliyaning Manchester shahrida ikki xil kayfiyat hukmronlik qilmoqda. Qisqacha aytganda – "kimga aza, kimga to‘y"...

"Liverpul"ga qarshi (4-0)

Yana bir bor "Liverpul"dan qabul qilib olingan mag‘lubiyat, ikki davradagi umumiy hisobni 9-0 ko‘rinishiga keltirgan edi. "MYU" azaliy raqibiga qarshi yana tiz cho‘kishga majbur bo‘ladi. O‘yinda besh daqiqa ichida hisobni Luis Dias ochdi. Muhammad Saloh esa dubl qayd etadi. Shuningdek, Sadio Mane ham maydonni golsiz tark etmagan. O‘shanda go‘yoki, "Enfild"da ikki gigant klub emas, balki yosh bolalar kattalarga qarshi o‘ynayotgandek tuyulgandi.

"Brayton"ga qarshi (4-0)

"Manchester Yunayted"ning so‘nggi muvaffaqiyatsizligi ӯtgan shanba kuni "Brayton" bilan o‘yinda yuz beradi. Bu o‘yin natijasiga ko‘ra, "Brayton" APLning kuchli o‘ntaligiga kirib oldi. "MYU" esa keyingi mavsumda YECHLda ishtirok etmaydigan bo‘ldi. Shuningdek, aynan mana shu uchrashuv, 2021-2022 mavsumda "qizil iblislar"ning oltinchi bor o‘z darvozasidan to‘rtta yoki undan ko‘proq gol o‘tkazib yuborishi edi. Shunday qilib, "MYU" bu mavsumda o‘zining APLdagi tarixida eng kam ochkoni jamg‘aradigan bo‘ldi.

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 09:45, 09.05.2022.
O'qildi: 2579 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.