Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

O‘FA tashkiliy qo‘mitasi vakillari Osiyo Kubogiga tayyorgarlik yuzasidan Namangandagi ishlar bilan tanishdilar

O‘FA tashkiliy qo‘mitasi vakillari Osiyo Kubogiga tayyorgarlik yuzasidan Namangandagi ishlar bilan tanishdilar

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Namangan viloyati joriy yilning iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogining saralash bosqichi o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Mazkur musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish borasidagi ishlar davom etmoqda.

Bugun O‘FA tashkiliy qo‘mitasi a’zolari o‘yinlar va mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadigan hududlar hamda u yerdagi mavjud sharoitlarni o‘rganish, ularni OFK standartiga mos kelishini ta’minlash bo‘yicha ishlar bilan tanishish maqsadida Namangan viloyatiga tashrif buyurdi. Kun tartibiga ko‘ra, dastlab o‘yingohlarning tibbiyot va anti-doping xonalarini xalqaro talablarga muvofiq jihozlash, zarur tibbiy uskunalar va kerakli dori-darmonlar hamda tez tibbiy yordam transport vositalari bilan ta’minlash, shu bilan birga, jamoalarga yuqori saviyada tibbiy yordam ko‘rsatish ishlarini tashkil etish maqsadida Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy-amaliy markazi Namangan viloyati mutasaddilari bilan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Kunning ikkinchi qismida esa stadionlardagi sharoitlar o‘rganildi. Hakamlar va jamoalar xonalari ko‘zdan kechirildi. Bundan tashqari, «To‘raqo‘rg‘on», «Toshbuloq», Uychi, «Dinamo» hamda «Navbahor» zaxira maydonlari borib ko‘rildi. Mas’ullarga maydon maysasini parvarishlash, sug‘orish tizimi takomillashtirish, mashg‘ulot maydonlarini yoritish tizimlarini 500 (markaziy o‘yingoh 1 800) lyuks darajaga oshirish hamda o‘yingoh hududini obodonlashtirish yuzasidan kerakli topshiriqlar berildi.

O‘rganish jarayonida Namangan shahridagi «Dinamo» va «Navbahor» zaxira o‘yingohlari talab darajasiga keltirilganligi, «Toshbuloq» va «Uychi» o‘yingohlari esa joriy yilning 25 may sanasiga qadar, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi hamda «Navbahor» markaziy o‘yingohini 1 iyunga qadar belgilangan standartga keltirish bo‘yicha aniq vazifalar qo‘yildi.

Qayd etish joiz, Namangan viloyati bo‘yicha O‘FA tashkiliy qo‘mitasi a’zolari 25 mayda Namangan shahriga qayta tashrif buyurib, tayyorgarlik jarayoni yuzasidan yakuniy xulosani qabul qiladilar.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 23:06, 20.05.2022.
O'qildi: 1613 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.