Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

"Andijon" g‘alabalarida muxlislar o‘rni qanday?

"Andijon" g‘alabalarida muxlislar o‘rni qanday?

Baho:
+ | -

“Andijon” jamoasining g‘alabalarida muxlislarning hissa katta bo‘layotganini inkor etib bo‘lmaydi. Har bir uchrashuvda ishqibozlarning stadiondagi muhitni yuqori darajaga keltirib, olqishlayotgani futbolchilarga qo‘shimcha motivasiya beryapti. Buni jamoaning har bir a’zosi juda yaxshi his qilib turibdi.

Masalan, jamoaning legioneri Goron Miloyko ham o‘z intervyusida andijonlik ishqibozlarga yuqori baho berib, qo‘llab-quvvatlashidan o‘ziga kuch olayotganini alohida aytib o‘tdi.

Pro liganing bu yilgi saviyasi ortayotganida shubhasiz andijonliklarning o‘rni beqiyos. Bunday qaynoq muhitdagi stadionda to‘p surish istalgan jamoaga rohat bag‘ishlaydi.
Muxlislarni stadionga chorlash borasida ham “Andijon” peshqadamlardan biri bo‘lib turibdi.

Masalan, 9-tur o‘yinlarida eng ko‘p ishqiboz aynan “Andijon” – “Buxoro” uchrashuvida kuzatildi.

9-tur uchrashuvlarida tomoshabinlar tashrifi

“Andijon” – “Buxoro” 9273 tomoshabin

“G‘ijuvon” – “Zomin” 856

“Xorazm” – “Turon” 950

“Mash’al” – “Sho‘rtan” 466

“Aral Samali” – “Yangiyer” 321

E’tiborga molik jihati shundaki, “Andijon” jamoamizning o‘z maydonidagi uchrashuvlarida borgan sari tomoshabinlar tashrifi ortib boryapti. Yuqoridagi jadvalda ko‘rganingizdek, “Bobur Arena”dagi har bir o‘yinda muxlislar autidoriyasi ko‘paymoqda.

“Andijon” fanatlari nafaqat O‘zbekistonda, balki boshqa mamlakatlarda ham yaxshigina ovoza bo‘lgan. Buni ular har bir uchrashuvda isbotlashyapti.

“Andijon” yana o‘z joyiga qaytib olishi yo‘lida ishqibozlarining jo‘shqinli ovozlarini eshitish yoqimli va betakror.

Oldinda esa 27 may kuni “Zomin”ga qarshi navbatdagi uchrashuv turibdi. Boya aytganimizdek, har bir o‘yin yangi chaqiriq. Andijonliklar uchun chinakam bayram.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 01:42, 24.05.2022.
O'qildi: 1609 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик