Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Qirg‘izistonnig «Dordoy» klubida o‘zbekistonlik murabbiylar ish boshlashdi

Qirg‘izistonnig «Dordoy» klubida o‘zbekistonlik murabbiylar ish boshlashdi

Baho:
+ | -

Qirg‘izistonning «Dordoy» klubida o‘zbekistonlik ikki nafar murabbiy ish boshlashdi.

Sergey Arslanov katta murabbiy vazifasiga tayinlangan bo‘lsa, Islom Ahmedov unga maslahatchi sifatida ish boshlaydigan bo‘ldi. Qiziq tomoni, ular bilan bor-yo‘g‘i bir oylik shartnoma imzolandi.

Buning sababi bor. "Dordoy" iyun oyi so‘ngida OFK kubogi guruh bosqichida ishtirok etadi. Demak, murabbiylar oldiga jamoani keyingi bosqichga olib chiqish vazifasi qo‘yilgan. Agar vazifa bajarilsa, shartnoma uzaytirilishi mumkin.

Guruh bosqichi o‘yinlari esa Bishkek shahridagi Dolen Umurzakov nomidagi stadionda o‘tkaziladi. Ushbu guruhdan Tojikistonning "Xo‘jand" va Turkmanistonning "Kopetdog‘" klublari ham o‘rin olishgan. Guruh g‘olibigina keyingi bosqichga chiqadi hamda "So‘g‘diyona" o‘rin olgan "F" guruhi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

Klub bosh direktori Ruslan Sidiqov o‘zbekistonlik murabbiylar bilan shartnoma imzolangani borasida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

«Qirg‘iziston chempionatida o‘zimizga mos bo‘lmagan o‘rinni egallab turganimiz uchun, shuningdek, Qirg‘iziston kubogidan chiqib ketganimiz sababli, bosh murabbiy Murat Jumakeev bilan o‘zaro kelishgan holda shartnomani bekor qilish haqida qaror qabul qildik. Ayni paytda o‘zbekistonlik ikki mutaxassisni ishga taklif qildik. Ular OFK kubogida jamoani boshqarishadi».

Sergey Arslanov "Dordoy" bilan shartnoma imzolagach, o‘z maqsadlari bilan o‘rtoqlashdi:

"Birinchi navbatda taklif uchun klub rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Klub haqida nima deyishim mumkin? Ha, klub haqida ma’lumotga egaman. Jamoaning «Abdish-Ata»ga qarshi o‘yinini tomosha qildim, o‘yinchilar bilan tanishdim. Haqiqatan ham yaxshi futbolchilar yig‘ilgan. Yaxshi ijrochilar bor. Asosiy e’tiborni o‘yinni tashkil qilishga qaratamiz. Jamoa oldiga yuqori maqsadlar qo‘yilgan. Vazifamiz — OFK kubogida guruhdan keyingi bosqichga chiqish!»

Ma’lumot:
Arslanov Sergey Sergeevich
Tug‘ilgan kuni: 06.11.1986
Fuqaroligi: O‘zbekiston
Ma’lumoti: oliy.
Murabbiylik ma’lumoti: Pro-lisenziya
Murabbiylik faoliyati davomida "Mash’al", "Sho‘rtan", "Andijon", "UzDongJu" klublari va O‘zbekiston U16 terma jamoasida ishlagan.

Kiritildi: 10:55, 29.05.2022.
O'qildi: 2694 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик