Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Germaniyani zabt etgan "Bavariya", Yevropaga kuchi yetmadi. Myunxenliklarning bu mavsumdagi "lokomativi" kimlar edi?

Germaniyani zabt etgan "Bavariya", Yevropaga kuchi yetmadi. Myunxenliklarning bu mavsumdagi "lokomativi" kimlar edi?

Baho:
+ | -

"Bavariya" bu mavsumni ichki chempionatda ko‘ngildagidek o‘tkaza oldi. Ammo jamoa uchun yevromaydondagi yurishlar oson kechmadi. Yuliyen Nagelsman boshchiligidagi klub, YECHL turnirida guruhdan qiynalmay chiqib oldi. Ammo pley-off bahslarining chorak finalida sensasion ravishda "Vilyarreal"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Quyida "Bavariya"ning mavsum davomidagi eng yaxshi vakillari qayd etilgan.


Mavsum o‘yinchisi – Robert Levandovski

Zerikarli eshitilsada, Robert yana bir bor jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Chunki u bu nomga mutlaqo loyiqdir. Birgina Bundesliganing o‘zida 35 ta gol urish, hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Barcha musobaqalarda esa polshalikning gollari soni 50 taga yetdi. Biroq, shunday sermahsullikka qaramasdan, Levandovski "Bavariya"ni tark etmoqchi. Ko‘ramiz, uning yangi manzili qayer bo‘larkin...

Mavsum goli – Serj Gnabri ("BVB"ga qarshi)

Gnabri aprel oyida o‘tkazilgan mavsumning uchinchi "Der Klassiker"ida ajoyib harakatlari bilan yodda qolgandi. Nemis hujumchisi ashaddiy raqibga qarshi fantastik golga mualliflik qiladi. O‘yin boshlanganidan chorak soat o‘tib, Goreska bosh bilan uzatma ijro etadi. To‘pni to‘xtatmay tepgan Gnabri, raqib darvozabonini dog‘da qoldirgandi.

Mavsum o‘yini – "Bayer 04"ga qarshi

"Barselona" YECHLning ikki davrasida ham 3-0 hisobida mag‘lub etilgani bor gap. Ammo undan ham yaxshiroq bahs oktyabr oyida, "Bayer 04" maydonida bo‘lib o‘tadi. To‘g‘ri, mezbonlar mavsumni uchinchi o‘rinda yakunladi. Biroq, "Bavariya"ga qarshi bahsda futbolchilar yosh bolalar kabi harakat qilgandi. Balki, myunxenliklarning fantastik harakatlari fonida shunday ko‘ringandir. Harxolda, bahs 1-5 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘lgan.

Mavsum transferi – Dayo Upamekano

Upamekano bu mavsumda o‘zini nimalarga qodir ekanini ko‘rsata oldi. Ayniqsa, himoyachi bo‘la turib, o‘zida to‘pni saqlab turishi, tahsinga sazovar. 22 yoshli futbolchi yangi jamoasida o‘sishga erishdi. Hademay, Nagelsman himoya chizig‘ini butunligicha Upamekano nazoratiga bersa, ajab emas.

Eng yaxshi o‘sishga erishgan futbolchi – Jamal Musiala

Aslini olganda hech bir futbolchi bu aspektda eng zo‘r deb ayta olmaymiz. Biroq, yosh Musiala vaqt o‘tgani sayin kuchayib bormoqda. Germaniya terma jamoasi a’zosi pozisiyalar borasida ustunliklarga ega. Negaki, unda bir nechta o‘rinlarda o‘ynash imkoni mavjud. Shuningdek, Jamolning assistlar soni ham sezilarli darajada o‘sgan. O‘ylaymizki, u 2022-23 yilgi davrda ham porlashda davom etadi.

 

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 09:45, 02.06.2022.
O'qildi: 2100 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.