Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

O‘tgan mavsumdagi «Yuventus»ning fantastik futbolchilari kimlar edi?

O‘tgan mavsumdagi «Yuventus»ning fantastik futbolchilari kimlar edi?

Baho:
+ | -

Mana ikki yildirki, «Yuventus» nomli klub Italiya chempionligi uchun kurasha olmayapti. Hozirchalik turinliklarning missiyasi YECHL yo‘llanmasi bo‘lib qolmoqda. Milan shahrining ikki jamoasi bilan kurashda imkoniyatni boy berayotgan «keksa sinyora», yozda bir qancha xaridlar orqali tarkibni kuchaytirmoqchi. Bu bilan esa yana chempionlik borasida gegemonlik o‘rnatish niyatida. Quyida «Yuventus» 2021-2022 yilni qanday o‘tkazganiga nazar tashlaymiz.

Mavsum o‘yinchisi – Xuan Kuadrado

Umuman olganda, bu mavsumdan keyin jamoa tarkibidagi kamdan-kam futbolchi o‘z boshini baland ko‘tarib gapira oladi. Kuadrado o‘sha kamyob futbolchilar ichidan joy olgan. Kolumbiyalik himoyachi kuchli barqarorlik namoyish etdi hamda Allegri jamoasining eng foydali futbolchilaridan biri bo‘ldi. Klubning qayd etgan natijasi umumiy holatda yaxshi bo‘lmasada, Kuadradoning o‘zi yomonlar ichida eng yaxshi edi.

Mavsum goli – Kuadrado («Jenoa»ga qarshi)

Burchakdan to‘g‘ri darvoza tomon yo‘llangan to‘p, o‘z manzilini topib boradi. Tasavvur qilgan bo‘lsangiz, albatta bu golning chiroyini ham his qila olasiz. Kuadradoning uzatgan to‘pi aylanma yo‘nalish olgan holda, jarima maydonchasi ichidagi hammadan o‘tib ketadi. Darvozabon esa dog‘da qolgandi. Bunday hayratomus gollarni doim ham ko‘ravermaysiz.

Mavsum o‘yini – «Sampdoriya»ga qarshi (4-1)

Ha, A seriya «Yuventus»ga qayg‘u olib kelgandir. Biroq kubok bahslarida yorqin natijalar bo‘lib turdi. Shulardan biri «Samdoriya» bilan o‘yinda yuz beradi. Chorak final bosqichida har ikki tomon ham tejamkor rejimda, aralash tarkib bilan o‘ynagan edi. Biroq «Yuventus» shu holicha ham raqibdan ancha ustunlik qildi. 4-1 hisobida tugagan bahsda turinliklar to‘p nazoratini 63 foizini oldi. Raqib darvozasi tomon 27 ta zarba berdi. «Sampdoriya»da esa bu ko‘rsatkich 4 ta edi.

Mavsum transferi – Dushan Vlaxovich

Jamoaning qayta qurish borasidagi ilk qadami yanvar oyidagi transferlar bozorida qo‘yiladi. «Yuventus» yosh va talantli markaziy hujumchini, Vlaxovichni xarid qiladi. Ha, u «Yuventus»da «Fiorentina»dagidek sermahsullik ko‘rsata olmadi. Biroq yarim mavsum davomida jamoaning eng yaxshi uchinchi to‘purariga aylangandi. O‘ylaymizki, yangi mavsumda «Yuventus» hayratlanarli nimadir o‘ylab topa olsa, u ham bo‘lsa Vlaxovich orqali amalga oshiriladi.

Mavsumning eng yaxshi o‘sishga erishgan futbolchisi – Danilo

Serqirra futbolchi bo‘lgan Danilo, o‘zining yorqin o‘yinlarini yakuniga yetgan mavsumda ham ko‘rsata oldi. Asosan chap qanot himoyasida harakat qiladigan braziliyalik futbolchi, jarohatlardan aziyat ham chekdi. Ammo sog‘ bo‘lgan paytlarida jamoasiga katta yordami tekkandi. Danilo kelayotgan mavsumning ham yulduzi bo‘lishi mumkin. Chunki Massimiliano Allegri uni asosiy tarkibda o‘ynatishda davom etadi. Himoyachi esa o‘z ishining ustasidir.

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 19:00, 05.06.2022.
O'qildi: 2561 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.