Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Italiya chempionlari uchun mavsum qanday o‘tdi?

Italiya chempionlari uchun mavsum qanday o‘tdi?

Baho:
+ | -

Oradan o‘n bir yil o‘tib, "Milan" yana A seriyada chempion nomiga sazovar bo‘ldi. Stefano Pioli shogirdlari so‘nggi turda g‘alaba qozonish orqali masalani hal qildi. Umuman olganda, Milan shahrining ikki jamoasi mavsum davomida chempionlik uchun kurashib keldi. Biroq, yakunda bu nom "Milan"ga nasib qildi. "Rossoneri"lar uchun yakuniga yetgan mavsum yorqin xotiralarga boy bo‘ldi. Quyida jamoaning o‘tkazgan mavsumiga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Mavsum o‘yinchisi – Rafael Leao

Bu tanlovni qilish unchalik ham qiyin emasdi. Chunki Leao mavsum kashfiyoti bo‘lish bilan birga, Italiya chempionatining eng yorqin futbolchisi sifatida ko‘rinish berdi. Portugaliyalik futbolchi asosan chap qanot hujumida harakat qiladi. Ammo imkon bo‘lishi bilan maydonning istalgan bo‘sh zonasida paydo bo‘ladi. Uning harakatlari 14 ta gol hamda 12 ta assistda namoyon bo‘ldi. 22 yoshli hujumchiga "Real" qiziqa boshlagani ham bejiz emasdi.

Mavsum goli – Teo Ernandes ("Atalanta"ga qarshi)

Teo Italiya futbolidagi eng yaxshi himoyachilardan biridir. Buni u "Atalanta" bilan bahsdagi fantastik gol bilan isbot etdi.
Ernandes to‘p bilan harakatni o‘z jarima maydonchasi oldidan boshladi. Katta tezlik bilan katta masofani bosib o‘tdi va raqibning to‘rtta futbolchisini dog‘da qoldirdi. Zarba esa yaqin burchakning pastiga yo‘llanadi. Bu vaziyat esa chiroyli gol bilan yakun topgandi.

Mavsum o‘yini – "Lasio"ga qarshi (1-2)

O‘yin to‘rt daqiqa ichida "Lasio" futbolchisi Immobilening goli bilan boshlanadi. Ammo bu gol "Milan"ni g‘azabga keltirgandi. Pioli shogirdlari o‘yin tizginini qo‘lga oldi. To‘pga jami 53 foiz egalib qilib, raqib darvozasiga 25 marta zarba berdi. Bu borada esa "Lasio"da faqat 7 ta edi. Olivye Jiru ikkinchi taym avvalida hisobni tenglashtiradi. Ammo bu hali hammasi emasdi. O‘yinning 92 daqiqasida Sandro Tonali hal qiluvchi zarbani yo‘llab, 3 ochkoni naqd qilgan edi.

Mavsum transferi – Mayk Menyan

Janluiji Donnarumma kabi yuqori darajali darvozabonni tekinga qo‘yib yuborish, dunyodagi istalgan klubni xafa qilgan bo‘lardi. Ammo "Milan" uning o‘rniga ajoyib nomzod topdi – 15 million yevroga Menyan keltirildi. Sobiq "Lill" kiperi ajoyib harakat qila oldi. Menyan 32 ta o‘yinda maydonga tushib, atigi 21 ta gol o‘tkazib yubordi. 17 ta bahsda esa maydonni "quruq" tark etdi. U hatto "Sampdoriya"ga qarshi o‘yinda Leaoning goliga assistentlik ham qilgan.

Eng yaxshi o‘sishga erishgan futbolchi – Pyer Kalulu

Aslida bu aspektda ham Leaoni tanlash mumkin edi. Ammo biz uning o‘rniga yosh himoyachi Kaluluni olishga qaror qildik. 21 yoshli futbolchi mavsumni zaxira vakili sifatida boshlagan edi. Biroq yakunni asosiy tarkib a’zosi bo‘lib tugata oldi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, Kalulu ishtirok etgan o‘yinlarni hech birida "Milan" mag‘lubiyatga uchramagan! O‘ylaymizki, ikki oydan keyin boshlanajak yangi mavsumda ham Pyer porlashni davom ettiradi. Chunki bu uchun unda yaxshi imkon mavjud.

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 21:50, 06.06.2022.
O'qildi: 1908 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.