Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Superligada may oyining eng yaxshilari aniqlanmoqda

Superligada may oyining eng yaxshilari aniqlanmoqda

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Coca-Cola Superliganing eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi, shuningdek, eng chiroyli golini aniqlab kelmoqda. Ortda qolgan may oyida Superligada 6 ta tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvlar davomida ko‘plab futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishga erishdi.

May oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar


Mirjalol Qosimov (AGMK) – 6 o‘yin, 4 g‘alaba, 2 durang, to‘plar farqi 12:4

Samvel Babayan (“Navbahor”) – 5 o‘yin, 4 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 7:3

Ulug‘bek Baqoyev (“So‘g‘diyona”) – 5 o‘yin, 3 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 12:7

Ro‘ziqul Berdiyev (“Nasaf”) – 5 o‘yin, 4 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 12:2


May oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar


Pol Komolafe (“Qizilqum”) – 6 o‘yin, 4 gol

Xurshid G‘iyosov (AGMK) – 6 o‘yin, 3 gol, 1 assist

Yovan Jokich (“Navbahor”) – 5 o‘yin, 1 gol, 226 aniq uzatma, 44 ta yakkakurashda g‘olib

Aleksandr Stanisavlevich (“Qizilqum”) – 6 o‘yin, 1 gol, 5 assist

Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”) – 4 o‘yin, 3 quruq o‘yin, 5 seyv

Shohruz Norxonov (“So‘g‘diyona”) – 5 o‘yin, 3 gol, 2 assist

O‘tkir Yusupov (“Navbahor”) – 5 o‘yin, 3 quruq o‘yin, 7 seyv

Oliver Sharkich (“Paxtakor”) – 5 o‘yin, 3 gol

Oybek Bozorov (“Nasaf”) – 5 o‘yin, 5 gol


May oyining eng chiroyli goliga nomzodlar

 

Jasur Hasanov (“So‘g‘diyona” – “Metallurg” uchrashuvida kiritgan goli)

Yovan Jokich (“Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuvida kiritgan goli)

Xurshidbek Muxtorov (“Lokomotiv” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvida kiritgan goli)

Oybek Bozorov (“Bunyodkor” – “Nasaf” uchrashuvida kiritgan goli)

Dragan Cheran (“Lokomotiv” – “Paxtakor” uchrashuvida kiritgan goli

Damir Temirov (“Metallurg” – “Dinamo” uchrashuvida kiritgan goli)

Sirojiddin Qo‘ziyev (AGMK – “Neftchi” uchrashuvida kiritgan goli)

Sharof Muhitdinov (“Bunyodkor” – “Nasaf” uchrashuvida kiritgan goli)

Dragan Cheran (“Qo‘qon-1912” – “Paxtakor” uchrashuvida kiritgan goli)

Oybek Bozorov (“Nasaf” – “Qizilqum” uchrashuvida kiritgan goli)


Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida Coca-Cola Superliga klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ishtirok etishadi. Coca-Cola Superliganing 14 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi.

Shuningdek, bu yildan e’tiboran O‘zPFL ushbu ovoz berish jarayonida championat.asia, sports.uz, tribuna.uz, stadion.uz nashrlari hamda Coca-Cola Superligasi rasmiy brodkasteri hisoblangan SPORT TV dan ham ovozlar oladi.

Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi. O‘zPFL tomonidan futbol muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasi esa bosh murabbiylar, jamoa sardorlari hamda sport nashrlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga qo‘shiladi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi. Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 08:04, 08.06.2022.
O'qildi: 2010 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.