Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal - Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Shomurodovga yangi narx belgilandi

Shomurodovga yangi narx belgilandi

Baho:
+ | -

Germaniyaning “Transfermarkt” portali Italiya A Seriyasida to‘p suruvchi futbolchilarning yangilangan transfer narxlarini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Rimning “Roma” klubi safida to‘p suruvchi o‘zbekistonlik hujumchi — Eldor Shomurodovning transfer summasi 8 million yevroni tashkil etdi. Ushbu summa uning avvalgi transfer narxidan 2 million yevroga kam hisoblanadi.

Hujumchi Rim klubiga o‘tgan yili 14 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan va portal shundan so‘ng uning taxminiy narxini 10 millionga ko‘targan edi. Mavsum yakunlariga ko‘ra esa, portal asosan zaxirada o‘tirgan futbolchining transfer summasini 2 million yevroga kamaytirdi.

Ma’lumot uchun, Shomurodov o‘tgan mavsum “Roma” tarkibida A Seriya doirasidagi 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda u klubi bilan Yevropa Konferensiyalar Ligasining ilk chempioniga aylangan.

Manba: uzreport.news
Kiritildi: 15:52, 08.06.2022.
O'qildi: 23231 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик