Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

«Navbahor» Rossiya klubi bilan hamkorlik doirasida o‘z legionerini sotishi mumkin

«Navbahor» Rossiya klubi bilan hamkorlik doirasida o‘z legionerini sotishi mumkin

Baho:
+ | -

Joriy mavsumda o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘ygan “Navbahor” PFK xorij klublari bilan ham hamkorlik sohasida ham samarali faoliyat olib bormoqda.

Jumladan, kuni kecha klub rahbariyati sobiq ittifoq va Rossiya futbolida o‘z o‘rni va obro‘siga ega bo‘lgan, jahon futboliga ko‘plab mahoratli futbolchilarni yetkazib bergan, yangi mavsumni Rossiya Premyer-ligasida boshlaydigan Moskvaning “Torpedo” klubi rahbariyati bilan uchrashishdi.

Uchrashuv davomida har ikki klub vakillari turli yo‘nalishlar, shu jumladan, klub akademiyalari, har ikki jamoa  murabbiy va futbolchilari borasida tajriba almashish, o‘zaro nazorat o‘yinlari o‘tkazish va boshqa masalalar bo‘yicha hamkorlik borasida kelishuvga erishishdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida “Torpedo” klubi vakillari "Navbahor"ning serbiyalik 29 yoshli tajribali hujumchisi Zoran Marushichga qiziqish bildirishdi.

Marushichning transfer narxi bo‘yicha kelishuvga erishilsa, serbiyalik forvard yangi mavsumni “Torpedo” jamoasida boshlashi ham ehtimoldan xoli emas.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 17:54, 09.06.2022.
O'qildi: 2323 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик